CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Savol
CHQBT fani o‘qituvchisi sifatida men ham ustama uchun da’vogar bo’ldim, hujjatlarimni shakllantirdim. Afsuski, tuman adliya bo‘limi sizlar rahbar xodim hisoblanasiz, shuning uchun direktor jamg‘armasidan ustama belgilanmaydi deb menga buyruq chiqarishmayapti.
Ustamaga ball yig‘ishdagi ko‘rik-tanlovlarda “Vatanparvarlar”, “Yosh chegarachilar” va shu kabi bir qancha harbiy-sport musobaqalari mavjud. Bu musobaqalarni biz ya’ni ChQBT rahbarlari o‘tkazamiz-ku. Nega endi ustama to‘lanmasligi kerak?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bob, 39-bandida CHQBT fani o‘qituvchilariga respublika ta’lim muassasalarida boshqa fan o‘qituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur nizomning 37-bandiga ko‘ra, CHQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi. Ta’lim muassasasida ushbu fan o‘qituvchilari soni shtat bo‘yicha ikki nafar bo‘lgan taqdirda, ulardan ish staji va tajribasi ko‘p bo‘lgan CHQBT o‘qituvchisi lavozimi bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisoblanadi.
Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘ida Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ushbu fan bo‘yicha haftada 10 soatgacha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishlari, lekin mazkur o‘tilayotgan darslar ularning lavozim majburiyatlari tarkibiga kiritilgan bo‘lib, buning uchun alohida ish haqi to‘lanmasligi ko‘rsatilgan.
Pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash esa Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur nizomning 33-1-bandida pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga (o‘qituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda to‘lanishi nazarda tutilgan.
CHQBT fani o‘qituvchisining o‘tayotgan 10 soat darsiga qo‘shimcha ish haqi to‘lanmasligi sababli, ularga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash imkonsiz deb hisoblaymiz.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
Yangiliklar
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang