15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?
09:50 / 11.01.2024
897
Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan CHQBT o‘qituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifasi berish tizimi joriy etildi.
Bunda attestatsiya xulosasiga ko‘ra malaka toifasi berilgan CHQBT fani o‘qituvchisining lavozim maoshi umumta’lim muassasasida mos keluvchi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.
Ya’ni, CHQBT fani o‘qituvchilari ham yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Faqat ular attestatsiyada ishtirok etishi uchun malaka oshirishdan o‘tgan bo‘lishi shart.
ChQBT fani o‘qituvchilari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan ChQBT fani o‘qituvchilariga yoki birinchi bor ishga kirgan ChQBT fani o‘qituvchilari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
08:48 / 17.09.2024
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
CHQBT fani o‘qituvchilariga toifasi uchun haq to‘lab berilmayapti…mi?
2024-yil 15-yanvardan ularga boshqa fan o‘qituvchilari kabi malaka toifasi berish yo‘lga qo‘yilgandi
21:06 / 17.09.2024
CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Ular uchun o'tayotgan dars soati uchun alohida ish haqi to‘lanmaydi
12:55 / 20.08.2024
CHQBT fani o‘qituvchisiga toifasi bo‘yicha haq to‘lanadimi?
Ularning oyligi malaka toifasiga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining maoshiga tenglashtiriladi.
13:00 / 01.06.2024
Menejerlik sertifikatini olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga ham 30 foizlik ustama to‘lanadimi?
ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
14:24 / 11.07.2024
Izohingizni tahrirlang