Top.Mail.Ru
Xalq ta’limi Info ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi

Xalq ta’limi Info ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi

15:00 / 17.02.2024 1.58k
Bugundan boshlab xalqtaliminfo.uz sayti orqali bizni kuzatib borishingiz mumkin. Sayt O‘zbekistondagi ta’limga ixtisoslashgan onlayn nashrlardan biri hisoblanadi. Unda asosan O‘zbekiston va jahon ta’limida ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berib boradi. 

Shuningdek, sayt o‘z oldiga ta’lim tizimiga oid tahliliy maqolalar, muammoli savollarga javob berib borishni maqsad qilgan. Saytning Facebook, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda, YouTube platformasida shuningdek, Telegram messenjerida sahifasi mavjud. 

Sayt OAV sifatida 2023-yil 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan ro‘yxatdan o‘tgan. Tahririyat muassisi “Media Maorif” MCHJ.

Sayt O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib boruvchi davlat va jamoat tashkilotlari bilan qonunda belgilangan tartibda hamkorlik o‘rnatgan holda ish olib boradi. 

xalqtaliminfo.uz sayti tahririyati mavjud qonunchilikka ko‘ra saytda nashr etilgan, qoidalar asosida ko‘chirib bosilgan ma’lumotlar asosliligi uchun (manbasi ko‘rsatib yozilganligi evaziga) javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Saytda nashr qilingan maqola yuzasidan, uning muallifi va sayt tahririyatining fikri bir xil bo‘lmasligi mumkin. xalqtaliminfo.uz saytida eʼlon qilingan materiallardan nusxa koʻchirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanishga xalqtaliminfo.uz saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 

Materiallardan foydalanishda, sayt nomini (muallifini) berilayotgan materialning birinchi yoki uchinchi qatorigacha bo‘lgan hududda taqdim etish so‘raladi. Masalan, “Bu haqda xalqtaliminfo.uz sayti xabar berdi”. 

Loyiha asoschisi haqida 

“Xalq ta’limi Info” loyihasiga 2018-yilda Ulug‘bek Po‘latov tomonidan asos solingan. Ulug‘bek Po‘latovning mutaxassisligi pedagog. “Ta’lim menejmenti” magistratura bosqichini tamomlagan. Faoliyati mobaynida davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi, direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Profi Universityning pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda “Xalq ta’limi Info” tahririyati direktori hisoblanadi. 

Loyiha ta’lim tizimidagi muammolarni tahlil qilish, ularga yechim berish hamda ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Yutuq

Ulashish