Bosh vazir 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar haqida qanday ko‘rsatma bergandi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh o‘qituvchi lavozimi)ga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa ana shu pedagoglar ro‘yxatini shakllantirib olishi zarur. Lekin vazirlik haligacha bu masalaga nuqta qo‘ymayapti. Vazirlik aynan nimani kutayotgani esa bizga qorong‘u.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyadan yiqilgan rahbar xodimlar ishdan bo‘shatilmaydimi?
Ta’lim muassasasi rahbar xodimlari, odatda, asosiy rahbarlik lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan birga bajarib kelgani sababli, attestatsiyaga o‘qituvchi sifatida jalb etiladi.

Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr kasbiy sertifikatni qo‘lga kiritgan xoldagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
Bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Izohingizni tahrirlang