Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarning metodik kunlari qayta joriy qilinishi mumkin

O‘qituvchilarning metodik kunlari qayta joriy qilinishi mumkin

11:30 / 13.05.2024 3.57k
Xabaringiz bor, sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilingandi.

Oradan ikki yil o‘tib, metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, quyidagilar o‘qituvchilarga “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida belgilanmoqda:

  • Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;

  • Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);

  • Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);

  • Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);

  • Juma – Xorijiy tillar;

  • Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Kasbiy rivojlanish

Ulashish