Top.Mail.Ru
Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?

Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?

13:30 / 20.05.2024 3.30k
Ushbu savolga javob berishdan avval talabalar maktabga qaysi toifadfagi xodim sifatida ishga qabul qilinishiga ham alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarda asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.

Yani, maktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy malumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra stajor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida kasbiy sertifikatlash sinoviga faqat pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli talabgorlargina jalb qilinishi nazarda tutilgan. 

Shundan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmaydi.

Ma’lumot uchun, xalqtaliminfo.uz tahririyati ushbu masalani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ham muhokama qildi. 

Muhokamalar yakunida vazirlik mas’ullari ham ta’lim muassasalarida ishlayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinmaydi degan xulosaga keldi.

Izohlar 4

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Kasbiy sertifikat

Ulashish