Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?
13:30 / 20.05.2024
3.37k
Ushbu savolga javob berishdan avval talabalar maktabga qaysi toifadfagi xodim sifatida ishga qabul qilinishiga ham alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandiga ko‘ra talabalar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarda asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Ya’ni, maktablarda ishlayotgan talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli pedagog (3 va undan yuqori kursda o‘qiydigan talabalar) hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra stajor-o‘qituvchi — davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorida kasbiy sertifikatlash sinoviga faqat pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy ma’lumotli talabgorlargina jalb qilinishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb qilinmaydi.
Ma’lumot uchun, xalqtaliminfo.uz tahririyati ushbu masalani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan ham muhokama qildi.
Muhokamalar yakunida vazirlik mas’ullari ham ta’lim muassasalarida ishlayotgan talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinmaydi degan xulosaga keldi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
14:38 / 12.09.2024
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Bilasizmi?
So'ragan edingiz
Bilasizmi?
Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi
11:26 / 22.08.2024
“Ish staji hamda malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish mumkin emas” – Vazirlik
Ayrim direktorlar topshiriqlar ijrosini noto‘g‘ri talqin qilgan
21:43 / 15.08.2024
Ikkinchi toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?
Toifaga ega bo‘lgan stajyor-o‘qituvchilarni kasbiy sertifikat imtihoniga jalb qilishga ehtiyoj yo‘q
10:19 / 14.08.2024
Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
21:00 / 26.03.2024
Izohingizni tahrirlang