Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda yuqori natijani qayd etdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishi holati 106 ta davlat organlari va tashkilotlarida monitoring qilingan.
Aniqlanishicha, 106 ta vazirlik va idoralarga jami 1527 ta majburiyatlar belgilangan bo‘lib, joriy yilning 2-chorak holatiga shulardan faqatgina 577 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan.
Ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda yuqori samaradorlik ko‘rsatgichi esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (80%) hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (80%) tomonidan qayd etildi.
Ya’ni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha davlat organlari va tashkilotlari orasida ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘yicha (Sport vazirligi (95%)dan so‘ng) ikkinchi o‘rinni qayd etdi.
Eslatib
o’tamiz, avvalroq vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi
reytingida 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan memorandum imzolandi
Endilikda memorandum doirasida turli xil yo‘nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Hilola Umarovaning “vazirga murojaat” portali ishlayaptimi?
“Vazirga murojaat” portaliga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan berilgan rasmiy axborot oxirgi marta 2024-yil 3-mart kuni e’lon qilingan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga topshirilishi mumkin
Savdo-sanoat palatasi tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bajarib kelinayotgan ayrim davlat xizmatlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga yo‘naltiriladi.

Ta’lim vaziri o‘rinbosarlari soni 5 nafarga yetdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Izohingizni tahrirlang