Top.Mail.Ru
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda yuqori natijani qayd etdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ochiq ma'lumotlarni e'lon qilishda yuqori natijani qayd etdi

11:30 / 05.08.2024 4.47k

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilning 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.


Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan ochiq e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning o‘z vaqtida rasmiy veb-sayt va Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilishi holati 106 ta davlat organlari va tashkilotlarida monitoring qilingan.


Aniqlanishicha, 106 ta vazirlik va idoralarga jami 1527 ta majburiyatlar belgilangan bo‘lib, joriy yilning 2-chorak holatiga shulardan faqatgina 577 tasining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlangan.


Ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda yuqori samaradorlik korsatgichi esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (80%) hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (80%) tomonidan qayd etildi.


Ya’ni, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha davlat organlari va tashkilotlari orasida ochiq ma’lumotlarni e’lon qilish samaradorlik ko‘rsatgichi bo‘yicha (Sport vazirligi (95%)dan so‘ng) ikkinchi o‘rinni qayd etdi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingida 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • vazirlik

Ulashish