2024/2025-o‘quv yilidan boshlab "Huquq" fanidan olimpiadalar o‘tkazildi

15:07 / 10.08.2024
9.67k
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-son qarori bilan davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga ko‘ra o‘quvchilar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib borish belgilandi.
Mazkur qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilib, Davlat va huquq asoslari fani asosiy olimpiada o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxatiga kiritildi.
Shuningdek, quyidagilar belgilandi:
- Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovini tashkil etish;
- “Huquqiy zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish;
- “Davlat va huquq asoslari” fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan variativ o‘quv rejalari asosida zamonaviy ko‘rgazmali o‘qitish vositalari bilan ta’minlangan “Huquq sinflari”ni tashkil etish.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:35 / 11.07.2025
O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi

12:32 / 10.07.2025
Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi

15:35 / 08.07.2025
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

09:12 / 05.07.2025
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Mavzuga doir yangiliklar

Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
13:20 / 14.05.2025

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolandi.
15:06 / 29.03.2025

Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi
Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball bermaslikka to‘g‘ri kelib qolgandi.
13:32 / 25.03.2025

Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari ustamaga ta’sir qiladimi?
Yaqinda o‘tkazilgan Аl-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar (science) olimpiadasidagi o‘quvchilarning natijalari o‘qituvchiga ustama uchun ball berishda hisobga olinadimi?
15:59 / 10.03.2025
Izohingizni tahrirlang