Endi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi — Avstraliya
Avstraliya 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlagan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
CNN telekanaliga ma’lum qilishicha, Senat bir necha oy davom etgan qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonunni ma’qulladi.
Yangi qonunga ko‘ra, texnologiya kompaniyalari voyaga etmagan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini oldini olish uchun “oqilona choralar” ko‘rishlari kerak. Aks holda, ular deyarli 50 million Avstraliya dollari (32 million AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi.
Taqiq Snapchat, TikTok, Facebook, Instagram, Reddit va X (sobiq Twitter)ga ta’sir qilishi kutilmoqda, ammo ro‘yxat kengaytirilishi mumkin. So‘rovnomalar ko‘rsatishicha, avstraliyaliklarning 77 foizi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirish bo‘yicha taqiqni qo‘llab-quvvatlaydi.
Qonun qabul qilingandan so‘ng, hukumat yakuniy sanani belgilashdan oldin maslahatlashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Ota-onalar va bolalar taqiqni buzganliklari uchun jazolanmaydi.
Ammo kompaniyalar jarimaga tortilmasligi uchun voyaga etmagan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqqa kirishini oldini olish uchun oqilona choralar ko‘rganligini isbotlashlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanese hukumat 14−16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
“Men bolalar o‘z gadjetlaridan uzoqlashib, futbol maydonlari, basseynlar va tennis kortlariga chiqishlarini istayman. Biz ularning haqiqiy odamlar bilan haqiqiy tajribaga ega bo‘lishlarini istaymiz”, — degandi Albanese.
Hozirda Avstraliya ijtimoiy tarmoqlarda yosh chegarasini joriy etgan dunyodagi ilk davlatlardan biri bo‘lib turibdi. Avvalroq Yevropa Ittifoqining bu boradagi urinishlari voyaga yetmaganlar huquqlarini cheklashga doir shikoyatlar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
6 mln so‘mlik vazir ustamasi oladigan pedagoglar kvotasi tasdiqlandi
Maktablarga elektromobil beriladi: Bunda “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil telefondan foydalanishi taqiqlandi
Rossiya Federatsiyasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritilib, o‘quvchilarnung dars vaqtida mobil telefondan foydalana olmasligi belgilandi.
Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Ta’lim vazirligi ushbu taklifni ilgari surmoqda
Norvegiyada ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanmoqda
Siyosatchilar bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi zararli kontentdan asramoqchi
Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
Izohingizni tahrirlang