Top.Mail.Ru
Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?

Pedagoglarga mo‘ljallangan imtiyozli avtokreditlar qay tartibda beriladi?

10:00 / 11.01.2025 22.98k

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagog va xodimlar “Muallim e’zozda” aksiyasi doirasida “Chevrolet” avtomobillarini (Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T) tijorat banklari orqali boshlang‘ich badali 30 foizdan oshmagan holda imtiyozli ravishda 60 oylik muddatli tolov asosida xarid qilishlari uchun imkoniyat yaratilmoqda.


Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ko‘rsatmasi berildi.


Unga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” aksiya doirasida pedagog xodimlarning Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T tijorat banklari orqali boshlang‘ich badali 30 foizdan oshmagan holda, imtiyozli ravishda 60 oylik muddatli to‘lov asosida xarid qilish choralarini ko‘radi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa tizimda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan, avtomobilga ehtiyoji mavjud xodimlarni aksiya yuzasidan xabardor qiladi.


Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Captiva 5T avtomobillarining hozirgi kundagi narxlari qanday?



Mashina sotib olish uchun oldindan qancha to‘lov qilish kerak?


Pedagog xodimlar aksiya doirasida nazarda tutilgan avtomobillardan birini xarid qilish uchun uning 30 foiz to‘lovini oldindan amalga oshirishi lozim bo‘ladi.


Demak, aksiyadagi avtomobillar uchun quyidagi miqdorda oldindan to‘lov amalga oshiriladi


  • Onix — 47 mln 370 ming so‘m;


  • Tracker — 62 mln 685 ming 408 so‘m;


  • Captiva 5T — 91 mln 470 ming so‘m;


  • Equinox — 124 mln 800 ming so‘m;


  • Malibu — 125 mln 700 ming 288 so‘m.


Pedagog xodimlar ushbu boshlang‘ich to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lgach, qolgan 70 foiz to‘lovlarni imtiyozli ravishda 5 yil davomida qismlarga bo‘lgan holda to‘lab borishadi.

Ma’lumot uchun: Ushbu summalar “O‘zavtosanoat” aksiyasi doirasida, avtomobillar uchun 100 foizlik to‘lovlarni amalga oshirilgan taqdirda e’lon qilingan narxlardir. Mazkur narxlar o‘zgarishi mumkin. Xalqtaliminfo.uz “O‘zavtosanoat” hamda MMTV bilan bog‘lanib, mazkur ma’lumotlarni yangilab boradi.

Izohlar 17

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Avtokredit

Ulashish