Psixolog hamda CHQBT rahbarlarining ham oyligi oshadimi?
Savol
Maktabdagi rahbar xodimlarning oylik maoshlari 1-sentyabrdan boshlab oshar ekan. Bunda psixolog va CHQBT rahbarlari maoshi ham oshadimi? Ular ham rahbar xodim-ku, shunday emasmi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi esa 15 foizga oshirilmoqda.
2026-yil 1-yanvardan boshlab rahbar xodimlarning maoshi yana oshadi. Chunki, direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanmoqda.
Psixologlarning ham maoshi oshiriladimi?
Ma’lumki, prezident farmonida direktor va uning o‘rinbosarlari oylik maoshlarini oshirish haqida so‘z borgan. Psixologlar esa direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.
Shu sababli, ularning oylik maoshi oshirilmaydi. Ammo maktab psixologlari malaka test sinovlarida ishtirok etish orqali toifa olishi va shu orqali oylik ish haqini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
CHQBT rahbarlari maoshi oshiriladimi?
Xabaringiz bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘i bilan CHQBT rahbari lavozimi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilib, ularga direktor o‘rinbosari maqomi berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori bilan 2025-yil 1-iyundan boshlab ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, ularning shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Ushbu shtat birliklari hisobidan esa CHQBT rahbari lavozimi joriy etilishi belgilangan. Ya’ni, 2025-yil 1-iyundan e’tiboran ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.
Shu sababli, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab CHQBT rahbarlarining ham oylik maoshi oshirilmaydi.
Ularning oylik maoshlari 2025-yil 1-sentyabrga qadar ishlab chiqilishi reja qilinayotgan CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI)ga ko‘ra oshirib borilishi mumkin.
Izohlar 16
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik “Yil o‘qituvchisi” natijalari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Vazirlik huzuridagi Baholash markazi ingliz tili o‘qituvchilarini yuzma-yuz muhokamaga taklif qildi
Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilar mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ish haqiga nisbatan kamroq maosh olmoqda
Bunda ta’lim sohasi vakillari sohalar orasida so‘nggi o‘rinlarni qayd etib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 4 mln 188 ming so‘mni tashkil etdi.
Yangiliklar
4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangiliklar
Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar
Xo‘sh, umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari 1-avgustdan aynan qancha miqdorda maosh oladilar?
Yangiliklar
Ta’limda maoshlarning nisbiy kamayishi to‘xtagani yo‘q
Ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshlari bu safar ham barcha sohalar ichida past ko‘rsatgichni qayd etdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang