Endilikda maktab o‘quvchilari uchun “Zakovat” musobaqalari faqat bahor faslida o‘tkaziladi

“Zakovat intellektual klubi” NNTning xabar berishicha, ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan Respublika tashkiliy qo‘mitasi tegishli qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqalari bahor faslida o‘tkaziladi.
Bunda, joriy yil aprel-may oylarida har uchala musobaqa ham tashkil etiladi.
Musobaqalarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalarga egallagan o‘rniga mos ravishda 100, 60 va 40 mln so‘m pul mukofotlari topshiriladi.
Shu bilan birga 2024/25-o‘quv yilining kuzgi mavsumida ham mazkur musobaqalar o‘tkazilgani va ularda g‘olib bo‘lgan jamoalarga oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyoz hamda stipendiya berilgani inobatga olinib, bu safar musobaqada 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalarga mazkur imtiyoz va stipendiya berilmasligi nazarda tutilgan.
G‘olib jamoalar a’zolariga imtiyoz va stipendiyalar berish 2025/26-o‘quv yilining bahorgi mavsumida o‘tkaziladigan musobaqalarda davom ettiriladi.
Bu yil aprel oyidan boshlab o‘tkaziladigan musobaqalar sanasi haqida keyinroq ma’lumot beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Deputatlar ham 5 kunlik o‘qish tizimi haqida gapira boshladi

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bu safar kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 337 mln so‘m mablag‘ undirib berildi

Izohingizni tahrirlang