8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xorijiy til o‘qituvchilariga 2025/2026-o‘quv yiliga qadar B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lish lozimligi haqida qat’iy ogohlantirish bergan.
Ogohlantirish berilgan o‘qituvchilar 2025/2026-o‘quv yiliga qadar milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikat olmasa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Xorijiy til o‘qituvchilaridan B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talab etilayotgan bir vaqtda 8 yoshli o‘quvchi Kozim Baxtiyraov ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Hozirda Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonining yosh bo‘yicha mutlaq rekord Kozim Baxtiyraovga tegishli.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati yosh iqtidor egasi Kozim Baxtiyraovni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi. Uning qat’iyati va tirishqoqligi ko‘pchilik uchun ibrat bo‘lishiga ishonamiz. Kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida unga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Maqola
Milliy sertifikat imtihonlari: nega o‘qituvchi va o‘quvchi bir auditoriyada?
Tasavvur qiling: bir maktabda dars beradigan o‘qituvchi va uning o‘quvchisi yonma-yon test ishlamoqda. Bu holat ikki tomon uchun ham psixologik bosim tug‘dirmaydimi?
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarga ham milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiya beriladimi?
O‘qituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratilishi haqida eshitgandim. Bu maktab o‘qituvchilariga ham taalluqlimi?
Yangiliklar
Xorijlik o‘qituvchilarga ko‘p oylik berilgani uchun mahalliy o‘qituvchilar ish tashlamoqchi
Istanbuldagi Italiya litseyida ishlovchi mahalliy va italiyalik o‘qituvchilar o‘rtasidagi maosh tafovutlari tufayli mahalliy o‘qituvchilar ish tashlashga chiqdi.
Yangiliklar
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
2025-yil 27-30-dekabr kunlari matematika, kimyo va geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang