Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
21:00 / 10.01.2024
976
2024-yil 15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) Toshkent davlat pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti hamda Buxoro davlat pedagogika institutida malaka oshirishadi.
Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kursi o‘qitish rejasida Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kiritilmagan.
Belgilangan tartibga ko‘ra Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan o‘tmagan va ishga yangi qabul qilingan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga yoki birinchi bor ishga kirgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng malaka oshirishga jalb etiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarorida qayd etilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
00:10 / 30.10.2025
Bu safar ham attestatsiya bo‘yicha sud ishida vazirlik yutib chiqdi
11:01 / 29.10.2025
O‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi
15:00 / 27.10.2025
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
10:44 / 27.10.2025
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi?
Pedagog xodim belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
15:06 / 17.10.2025
Yangiliklar
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimligi viloyatdagi pedagoglarni Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.
16:12 / 13.10.2025
Yangiliklar
Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
09:40 / 10.04.2025
Yangiliklar
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
2025-yil sentabr–dekabr oylarida maktab o‘qituvchilari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
15:35 / 08.07.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang