Maktab sport zalida pullik to‘garak ochish mumkinmi?

14:00 / 05.03.2024
4.42k
Savol
Maktab direktoriman. Yaqinda mahallamizda yashovchi sport treneri kelib, maktab sport zalida pullik boks to‘garagi ochsak bo‘ladimi, deb murojaat qildi. Ochig‘i, buning tartibini bilmasdim. O‘zi maktab sport zalida pullik to‘garak ochsak, noqoniniy ish qilgan bo‘lib qolmaymizmi?
Javob
Ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini ochish mumkin. Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-fevraldagi “Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat ko‘rsatuvchi sport to‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-son qarori bilan tartibga solinadi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq jismoniy tarbiya soatlaridan bo‘sh vaqtlarida sport inshootlarida trenerlar tomonidan aholiga, shu jumladan, o‘quvchi-yoshlar ko‘rsatiladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport xizmatlari pullik asosda amalga oshiriladi.
Sport inshootlarida pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar har oyda kelgusi oyning 10-sanasidan kechikmasdan shug‘ullanuvchilar va ta’lim muassasasi rahbari bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Sport inshootlarida har bir trener tomonidan birinchi navbatda ko‘rsatilgan pullik xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lov summasining 20 foizi ta’lim muassasasi tomonidan foydalanilgan sport inshootlarining kommunal to‘lovlari xarajatlariga yo‘naltiriladi hamda mablag‘larning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
- 50 foizi — sport inshootining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltiriladi;
- 50 foizi — trenerga belgilangan tartibda moddiy rag‘batlantirish sifatida to‘lab beriladi.
Sport inshootlarida bir vaqtning o‘zida ikki va undan ko‘p trenerlar pullik xizmat ko‘rsatgan taqdirda sport inshootlarining kommunal to‘lovlari miqdori har bir trenerga bir xil miqdorda taqsimlanadi.
Har bir trener tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmat uchun to‘lovlarning tushumi va ularga to‘langan to‘lovlar bo‘yicha alohida buxgalteriya hisobini yuritilishi tegishli ta’lim muassasasining buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

16:00 / 14.03.2025
O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi

23:22 / 13.03.2025
Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?

12:50 / 13.03.2025
Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi

17:27 / 12.03.2025
Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga sport maktabi trenerlari biriktiriladi
Maktab o‘quvchilarini sportga jalb etish holati tanqid qilindi
20:00 / 13.02.2025

2025-yil 1-martgacha to‘garaklar ochilib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlar o‘qitiladi
Bu haqda Prezident alohida topshiriq berdi
11:39 / 13.12.2024

Endilikda har yili maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkaziladi
Bu haqda Prezident Qarori qabul qilindi.
14:43 / 23.07.2024

Ta’tilda bo‘lgan pedagog xodimni to‘garak o‘tishga majbur qilish to‘g‘rimi?
Bunday talab qo'yish qonunchilikka zid
00:17 / 28.06.2024
Izohingizni tahrirlang