Angrendagi ayrim ta'lim muassasalar “Telefonsiz maktab” tizimiga o‘tdi
17:00 / 06.03.2024
2.13k
Xabaringiz bor, yaqinda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Telefonsiz maktab” tashabbusini ilgari surib, telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berilishini aytgandi.
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Angren shahridagi 13- va 17-sonli umumtaʼlim maktablarida “Telefonsiz maktab” tizimi joriy etildi.
Xabarda aytilishicha, ota-onalar kuzatuv kengashi bilan maktab maʼmuriyati hamkorlikda yigʻilish oʻtkazilib, telefondan taʼlim muassasasida umuman foydalanmaslik taklifi ilgari surilgan va ushbu tashabbusni barcha birdek maʼqullagan.
Eslatib o‘tamiz, “Telefonsiz maktab” tizimi to‘liq joriy etilgan Angren shahridagi 13-umumtaʼlim maktab jamoasi Xalq ta’limi Info tahririyati tomonidan tashkil etilgan “Eng ahil pedagogik jamoa” tanlovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shundan so‘ng ushbu maktab jamoasi “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuviga ham taklif qilingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
08:48 / 17.09.2024
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Xorij ta'limi
Xorij ta'limi
Yangiliklar
Qirg'iziston
Avstraliyada 14-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlamoqda
Hukumat Instagram va TikTok’dan foydalanishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda
11:00 / 12.09.2024
Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda
Italiyada 2007-yildayoq bu bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi
10:38 / 12.07.2024
Telefon ishlatishdan voz kechgan maktabga 300 million so‘m pul mukofoti berildi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va'dasini bajardi.
12:10 / 25.04.2024
O‘quvchilarga dars vaqtida telefondan foydalanishiga qonuniy taqiq qo‘yildi — Qozog‘iston
Bu ota-onalar va oʻqituvchilarning ariza va shikoyatlari natijasida koʻrilgan chora sifatida amaliyotga kiritilgan.
20:00 / 28.02.2024
Izohingizni tahrirlang