30 mingdan ortiq o‘quvchi “Barkamol avlod bolalari” festivalida qatnashdi
17:00 / 29.05.2024
1.26k
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida “Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qilib keladi. Yaqinda esa mazkur festivalga start berilgandi.
Festival Andijon viloyatida quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi:
- “Madaniyat va san’at” yo‘nalishi (Tasviriy san’at va libos);
- “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);
- “Jismoniy tarbiya va sport” yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);
- “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” yo‘nalishi (Munchoqli bezak);
- “Turizm va ekologiya” yo‘nalishi (Karving);
- “Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” yo‘nalishi (Mental arifmetika);
- “Xorijiy tillar” yo‘nalishi (Ingliz tili).
Festivalda Andijon viloyatining o‘zidan umumiy 30 ming nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.
Tanlov kuy-qo‘shiqlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga esa diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tanlov kuy-qo‘shiqlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga esa diplomlar, sovrinlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, festivaldan maqsad to‘garaklardagi o‘quvchilar qamrovini oshirish, ichki turizmni rivojlantirish, tajriba almashish, to‘garaklar faoliyati bilan tanishish, madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish hamda ta’lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.
Fotogalereya
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
14:38 / 12.09.2024
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Yangiliklar
Yangiliklar
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?
Oliygoh tanlash bo'yicha tavsiyalar
10:46 / 11.09.2024
Profi University Navoiy filialida o‘quvchilar o‘rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning hududiy bosqichi bo‘ldi
Har bir sinf bo‘yicha g‘oliblar Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
15:30 / 28.02.2024
Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi
Oromgohlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
22:00 / 30.05.2024
Izohingizni tahrirlang