Hindistondagi issiq tufayli maktablarda o‘quvchilar hushini yo‘qotdi
08:00 / 01.06.2024
1.49k
Hindistonning qator shtatlarida anomal issiqlik kuzatildi, bir sutka ichida kamida 20 kishi vafot etdi.
Yuqori harorat oqibatida maktablarda o‘quvchilar hushini yo‘qotayotgani ma’lum qilingan.
Dehlida harorat 52,9 darajaga ko‘tarilib, rekord o‘rnatgan. So‘nggi 24 soat ichida jaziramadan 20 kishi vafot etgan. Ularning yarmi Odisha shtatiga to‘g‘ri keladi. Qurbonlarning sakkiz nafari shifoxonaga yetib kelguniga qadar vafot etgan.
Qo‘shni Jarxand shtatida esa jazirama to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Ulardan uch nafari shifoxonada vafot etgan. Tibbiyot xodimlari o‘lim sababi anomal issiqlik ekanini aytmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
14:13 / 07.09.2024
Maktablardagi shtatlarni qisqartirish taklifi kimdan chiqqandi?
14:44 / 06.09.2024
Endi fan olimpiadasi g‘oliblari uchun to‘lanadigan pullardan daromad solig‘i olinmaydi
14:30 / 05.09.2024
Maktablardagi ayrim lavozimlar qisqartirildi
08:36 / 05.09.2024
Izohingizni tahrirlang