Attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilar alohida tartibda malaka oshiradi
17:40 / 19.06.2024
11.18k
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, pedagoglar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Unda attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarurligi aytildi.
Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Taqdimot so‘nggida Shavkat Mirziyoyev pedagoglar tayyorlash sifatini oshirish, adolatli baholash va rag‘bat tizimini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:33 / 17.01.2026
Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
09:13 / 17.01.2026
Vazirlik xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 sertifikati talabini malaka talablariga kiritdi
10:17 / 16.01.2026
Bugundan maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlari boshlandi
18:01 / 10.01.2026
“B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi” — Davlat mehnat inspeksiyasi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha prezident topshirig‘i to‘liq bajarilmadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra 2025-yilda 360 nafar pedagog xodimlar Turkiya, Germaniya, Malayziya, Fransiya, Ozarbayjon davlatlariga malaka oshirishga yuborildi.
23:06 / 11.01.2026
Yangiliklar
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yilgi malaka toifasi test sinovlariga oid statistikani e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda ikki marotaba o‘tkazilgan test sinovlarida 64,4 foiz o‘qituvchilar yetarli natija qayd etolmagan.
12:39 / 28.12.2025
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
11:04 / 04.12.2025
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
12:08 / 03.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang