Top.Mail.Ru
Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?

Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?

21:50 / 08.07.2024 6.12k
Savol
Men 2023-yilda o‘qishni tamomladim va sentyabrdan maktabda ish faoliyatini boshladim. Menga otpuska 36 kunlik chiqadi deyishyapti. Menga aslida necha kunlik otpuska puli chiqishi kerak?

Javob
Mehnat kodeksining 227-moddasiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

Ya’ni, xodim sentyabr oyida ishga kirib, iyun oyidan mehnat ta’tiliga chiqdi deylik, bunda xodimga to‘liq 56 kalendar kun mehnat ta’tili beriladi, ammo ta’til puli ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda, ya’ni 9 oy uchun tolab beriladi.

Bunda 56/12=4,666. 4,666*9=42 ta’til kuni chiqadi. Ammo, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari”ga muvofiq ta’til pulini hisoblashda ish kunlariga haq to‘lanadi.

Endi yuqoridagi 42 kunni 7 ga bo‘lib olamiz. Chunki, bir haftada 7 kun mavjud. 42/7=6. Endi ana shu 6 sonini, yana 6 ga ko‘paytirib olamiz. Nima uchun aynan 6 ga ko‘paytirildi? Chunki, yakshanba chiqarib tashlandi. Shundan so‘ng, 6*6=36 ta’til kuni chiqadi.

Demak, sentyabrda ishga kirgan xodimlarga 56 kalendar kun mehnat beriladi, ammo 36 kun uchun ta’til puli to‘lab beriladi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Mehnat ta'tili

Ulashish