Top.Mail.Ru
Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda

Italiya maktablarida smartfonlar taqiqlanmoqda

10:38 / 12.07.2024 1.31k
Italiyadagi yangi tartib-qoidalarga ko‘ra, italyan sinflarida smartfonlar va planshetlardan foydalanish taqiqlanmoqda. Kiritilayotgan yangi tartibga ko‘ra, endilikda hatto o‘qitish maqsadlarida ham smartfonlardan foydalanilmaydi.
“Smartfon va planshetlardan foydalanish ko‘pincha o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarishi, ba’zan maktab xodimlariga nisbatan tajovuzkorlik harakatlariga olib kelishi mumkin,” - deydi Italiya ta’lim vaziri Juzeppe Valditara.
Taqiq bog‘cha, boshlang‘ich va quyi o‘rta ta’lim maktablaridagi o‘quvchilarga tatbiq qilinadi.

Aslida Italiyada 2007-yildayoq darslarga aloqador bo‘lmagan maqsadlarda smartfonlardan foydalanish bo‘yicha taqiq qo‘yilgandi, ammo bu qoidalarga har doim ham amal qilinmasdi.

O‘tgan yili BMTning ta’lim, madaniyat va fan bo‘yicha agentligi YUNESKO butun dunyo bo‘ylab maktablarda smartfonlarni taqiqlashni tavsiya qilgan edi.

Uning ta’kidlashicha, qurilmalar o‘quvchilarni chalg‘itadi va ta’lim natijalariga salbiy ta’sir qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalari bilan tartibga solingan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • xorij ta'limi
  • Mobil telefon
  • Italiya

Ulashish