O‘qituvchilarga chiqindilarni tashitgan direktorga 34 mln so‘m jarima solindi
Qalampir.uz nashri Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 37-umumta’lim maktabi o‘qituvchi-pedagoglari majburiy mehnatga jalb qilingani aks etgan videoni e’lon qildi. Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videodagi holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Maktab direktori o‘z ko‘rsatmasida, ta’lim muassasasida qurilish ishlari olib borilgani, shu sababli qurilishdan chiqqan chiqindilarni tozalash ishlariga 30 ga yaqin o‘qituvchi-pedagog va texnik xodimlarni majburan jalb qilgani, xodimlar ish stavkalari va dars soatlari qisqarib ketishidan xavotir olib ushbu ishlarni ko‘rsatmasi asosida bajarganini qayd etgan.
O‘rganish davomida direktorning Mehnat kodeksining 25-moddasi (Ish beruvchining majburiyatlari) hamda Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qarori talablarini buzgani aniqlangan.
Maktab direktoriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 2-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari (34 mln so‘m) miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Namangan viloyati Pop tumani 43-maktab direktoriga ham xuddi shunday ayblov bilan 17 million so‘m jarima solingandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Holat reyd tadbiri davomida aniqlangan
O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
Maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qilingani aniqlandi
Qorovul 60 ming so‘m evaziga maktab kiyinish xonasida fohishaxona tashkil qildi
Izohingizni tahrirlang