O‘qituvchilarga maktab hududini tozalatgan direktor 17 million so‘m jarimaga tortildi

Qalampir.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, Namangan viloyati Pop tumani 43-maktab direktori maktabda ta’til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, soat 16:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga, ya’ni maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgan.
Nashrga taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, maktab direktori yuqorida sanalgan “qora” ishlarni qilishni istamagan o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilgan. Bundan tashqari, u o‘qituvchilarni o‘quvchilarning ota-onalaridan pul yig‘ishga ham majburlagan.
Shundan so‘ng, mazkur holat Pop tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganligi aniqlangan.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Bu hozirgi kunda 17 million so‘mni tashkil etadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi

Pedagog xodimlar 1-avgustdan boshlab oshirilgan miqdorda maosh oladilar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘zbekiston bolalar mehnatiga butunlay barham bergan davlat sifatida e’tirof etildi
Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyada bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi model sifatida e’tirof etildi.

May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.

Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar
O‘qituvchini direktor lavozimiga tayinlash uchun 3 ming dollar pora olgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i qo‘lga tushdi. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maktab hududida xavfli tarzda avtomobil boshqargan “zavxoz”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Samarqanddagi maktablardan birida xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimida ishlovchi shaxs o‘z boshqaruvidagi avtomobilni maktab hududidagi stadionda yuqori tezlikda va xavfli tarzda boshqardi.
Izohingizni tahrirlang