Farzandini hujraga bergan ota-onalarga javobgarlik belgilanmoqda
Senatning 55-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Muhokama jarayonida ta’kidlanishicha, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta’lim olishga aynan ota-onalarning o‘zi olib borishi holatlari ko‘payib bormoqda.
Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra 2021-2023-yillar mobaynida noqonuniy diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq 2 457 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. Ularning 1 479 tasi “hujra” sharoitida tashkil etilgan bo‘lib, ularda tahsil olayotganlarning 60 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etgan.
Xususan, so‘nggi 3 yilda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan shaxslar soni 4 baravarga oshgan.
Muhokama etilayotgan qonunga ko‘ra, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ushbu qonunchilik talabiga rioya etmaganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga Qonunda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z bolalarini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqi aniq bayon qilinmoqda.
Shu bilan birga, qonunda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z bolalarini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqi aniq bayon qilinmoqda. Mazkur norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasida belgilangan qoidalar asosida kiritilyapti.
Qonunning qabul qilinishi bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlarini ta’minlashga, ularning komil inson bo‘lib yetishishiga, turli og‘ir jinoyatlar va diniy ekstremistik g‘oyalar qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan ta’kidlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
“Open Budget”ni targ‘ib qilgan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi
O‘qituvchilar “Tashabbusli budjet” uchun majburan ovoz yig‘ishga jalb qilgan
Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
U bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan
O‘qituvchilarga chiqindilarni tashitgan direktorga 34 mln so‘m jarima solindi
Holat Andijondagi maktablarning birida sodir bo'lgan
Izohingizni tahrirlang