Top.Mail.Ru
Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?

Ishonchli universitetni qanday tanlash kerak?

10:46 / 11.09.2024 719

Oliy ta’lim — hayotdagi eng muhim qarorlardan biridir. Abituriyentlar ozi uchun eng yaxshi universitetni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olishi kerak.


Juda ko‘pchilik xususiy universitetga hujjat topshirishda o‘ziga-o‘zi quyidagi savollarni beradi: Oliygoh ishonchlimikan? Litsenziyasi bormi? Yopilib ketmasmikan? Diplomi o‘tarmikan?


Bugun biz Profi University misolida ko‘pchilik abituriyentlarni qiynab kelayotgan barcha savollarga javob beramiz.


Oliygoh tarixi qanday?


Hozirgi kunda xususiy oliygohlar juda ham ko‘p, ammo uzoq yillardan buyon aynan ta’lim sohasi bilan shug‘ullanib kelayotgan, o‘zining mustahkam tarixiga ega bo‘lgan oliygohlar sanoqli.


Oliygoh yaqinda tashkil etilgan bo‘lsa ham uning tarixi va ta’limga oid boshqa loyihalari bilan tanishib chiqish zarar qilmaydi. Agar oliygohning o‘quv markazi, bog‘cha va maktabi ham mavjud bo‘lsa, bunday universitet poydevori mustahkam oliygohlar uchun yaqqol misol bo‘la oladi.


Bu kabi oliygoh misolida Profi Universityni bemalol aytishimiz mumkin. Chunki, Profi University o’quv markaz, bog’cha va maktabiga ega bo‘lgan eng ishonchli oliygohlardan biridir.




Universitet litsenziyasi


Profi University litsenziyasi haqiqiyligini license.gov.uz saytiga kirib tekshirishingiz ham mumkin. Litsenziyada “Oliy ta’lim xizmatlari” ko‘rsatilgan. Eng asosiysi esa universitet aynan litsenziyada ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritadi.


Ma’lumki, litsenziya talablarida har bir talaba uchun ajratilgan kvadrat aniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan. Agar oliy ta’lim muassasasi bir joy uchun litsenziya olib o‘zi boshqa bir joyda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan hisoblanadi, bu esa bir kun kelib o‘sha xususiy oliy ta’lim muassasasining litsenziyasi bekor bo‘lishiga olib keladi.


Buni qanday tekshirib ko‘rish mumkin?


Siz tahsil olayotgan xususiy oliy ta’lim muassasasining litsenziyasi bor yoki yo‘qligini license.gov.uz sayti orqali tekshirib olish mumkin. Buning uchun siz oliy ta’lim muassasasining STIR raqamini kiritasiz, bittada chiqadi. STIR raqam esa siz bilan tuzilgan shartnomada bor.


Endi litsenziya bor bo‘lsa, uning faoliyat manzilini tekshiring, uning faoliyat manzillari nechta bo‘lsa, o‘shalarning barchasi litsenziyada ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Agar siz o‘zingiz boshqa manzilda tahsil olayotgan bo‘lsangiz, oliygoh litsenziyasi boshqa manzilga berilgan bo‘lsa, bu yerda noqonuniy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan, ertami yoki kechmi bu siz uchun ham, oliygoh uchun ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.


Profi University litsenziyasida esa uchta manzil ko‘rsatilgan, ikkita manzil Toshkent shahrida, bitta manzil Navoiy shahrida, universitet esa aynan mana shu uch manzildagina faoliyat olib boradi.



Universitet moddiy-texnik bazasi qanday? O‘quv binolari o‘zinikimi?


Birinchi navbatda xususiy universitet moddiy-texnik bazasi va binolari mavjud ekanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Iloji bo‘lsa, oliygohga tashrif buyurib, binolari va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib chiqing.


Misol uchun, Profi University o‘zining moddiy-texnik bazasi, binolariga ega bo‘lib, hozirgi kunda Toshkent shahridagi Bektemir kampusi, Olmazor tumanida joylashgan Beruniy kampusi hamda Navoiy viloyatidagi filiali mavjud.




Yangi o‘quv yili uchun esa “Profi” tarixidagi eng katta, jahon standartlariga javob beruvchi, 8 qavatli, doira shaklidagi bino qurib bitkazilib, to‘liq foydalanishga topshirildi. Mazkur bino o‘ziga 10 mingdan ortiq talabani bir vaqtda sig‘dira oladi.




Universitetdagi professor-o‘qituvchilar tarkibi va oliygohning ilmiy salohiyat darajasi qanday?


Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda nodavlat oliygohlari uchun litsenziya talablari belgilangan.


Unda oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati darajasi miqdori belgilab qo‘yilgan. Masalan, bakalavriat bosqichi uchun ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning minimal ulushi 35 foiz etib belgilangan.


Agar siz tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohda o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati darajasi 35 foizdan kam bo‘lsa, demak u oliygoh ham shubha ostida qoladi.


Profi Universityning esa ilmiy salohiyat darajasi ham yetarli bo’lib, hozirda umumiy hisobda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi ishlab kelmoqda. Ulardan 86 nafari asosiy shtatda faoliyat yuritib, 1 nafar akademik, 5 nafar fan doktori (DSc), 29 nafar fan nomzodi (PhD) hamda 1 nafar xorijiy professor-o‘qituvchidan iborat.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan, 2008-2010-yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, olim, psixologiya fanlari doktori, akademik, Shoumarov G‘ayrat Baxromovich universitet rektori hisoblanadi.


Universitet rektori haqida Wikipediyadan ham qo‘shimcha ma’lumotlar olishingiz mumkin.


Oliygohga o‘qishga qabul qilish tartibi qanday?


Agar siz hujjat topshirayotgan universitet keling, imtihonsiz ham qabul qilamiz yoki nomigagina onlayn test topshirib talaba bo‘ling deyayotgan bo‘lsa, bilingki, bu kabi universitetlarda asosiy maqsad ta’lim emas.


Shuning uchun, biroz murakkab bo‘lsa-da, faqatgina oliygohning o‘zida, imtihon asosida qabul qiladigan oliygohlarga hujjat topshirishni maslahat beramiz.


Profi Universityga o‘qishga kirish imtihon asosida amalga oshiriladi. Imtihonlarning onlayn shakli mavjud emas. Ya’ni, oliygohga o‘qish istagida bo‘lgan abituriyent albatta, universitetning o‘zida tashkil etib kelinayotgan test sinovlarida ishtirok etishi shart.


Hozirga qadar 30 mingdan ortiq abituriyentlar “Profi University”ga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, ulardan 4896 nafari imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, talabalikka tavsiya etildi. Shuningdek, bo‘lajak talabalar orasidan yuqori natijani qayd etganlarga yillik 6 000 000 so‘mlik stipendiya ham taqdim etiladi.


Imtihon jarayonlari va bu haqda abituriyentlarning fikrlari bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:








Qanday yo‘nalishlar bor va kontrakt narxlari qanday?


Profi Universityda quyidagi yo‘nalishlar mavjud. Kontrakt to‘lovlarni 2024-yil 10-iyulga qadar amalga oshirgan talabalar uchun 30 foizlik chegirmalar belgilangan.


  • Marketing

Kunduzgi - 16,170,000

Sirtqi - 10,010,000

Kechki - 11,410,000


  • Bank ishi va audit

Kunduzgi - 16,870,000

Sirtqi - 10,570,000

Kechki - 11,970,000


  • Buxgalteriya hisobi va audit

Kunduzgi - 16,870,000

Sirtqi - 10,570,000

Kechki - 11,970,000


  • Iqtisodiyot

Kunduzgi - 16,870,000

Sirtqi - 10,570,000

Kechki - 11,970,000


  • O‘zbek tili va adabiyoti

Kunduzgi - 16,170,000

Sirtqi - mavjud emas

Kechki - 11,830,000


  • Turizm

Kunduzgi - 16,870,000

Sirtqi - 10,570,000

Kechki - 11,970,000


  • Ingliz tili va adabiyoti

Kunduzgi - 16,170,000

Sirtqi - mavjud emas

Kechki - 12,950,000


  • IT (Axborot tizimlari va texnologiyalari)

Kunduzgi - 18,130,000

Sirtqi - 11,270,000

Kechki - 12,670,000


  • Rus tili va adabiyoti

Kunduzgi - 16,170,000

Sirtqi - mavjud emas

Kechki - 12,950,000


  • Boshlang‘ich ta’lim

Kunduzgi - 14,630,000

Sirtqi - 10,010,000

Kechki - 11,410,000


  • Maktabgacha ta’lim

Kunduzgi - 14,630,000

Sirtqi - 10,010,000

Kechki - 11,410,000


  • Pedagogika va psixologiya

Kunduzgi - 14,630,000

Sirtqi - 10,010,000

Kechki - 11,410,000


Yangi yo‘nalishlar


Ayni vaqtda “Profi University”da tibbiyot va yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlarida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin.


Mavjud yo‘nalishlar:

Davolash ishi

Stomatologiya

Pediatriya

Farmatsiya (turlari boyicha)

Yurisprudensiya (faoliyat turlari boyicha) 

Profi University qanday imkoniyatlarni taklif etadi?


Grant asosida o‘qish va stipendiya olish imkoniyati


Kirish imtihonlarida 100 va undan ortiq ball to‘plagan abituriyentlar Profi Universityda bepul o‘qish uchun imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Grantga tavsiya etilgan talabalarda stipendiya ham bekor qilinmaydi. Ya’ni, grant asosida o‘qishga kirgan talabalar bepul o‘qiydilar va har oy 600 ming so‘m miqdorda stipendiya ham oladilar.


Stipendiyalar kirish imtihonlarida 100 balldan yuqori natijalarni qayd etgan abituriyentlarga ajratiladi.


Xorijda tahsil olish va ishlash imkoniyati


Profi University bilan hamkorlikda Fransiyaning “Y Schools” universiteti ish boshlagan. Ya’ni, Profi Universityning turizm, menejment va marketing yo‘nalishi talabalari Fransiya universitetida 3+1 shaklida tahsil olishlari mumkin.




Undan tashqari Profi Universityning “Turizm” yo‘nalishi talabalari 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Profi University talabalari yangi xalqaro hamkorlik memorandumlari asosida xorijda tahsil olishlari mumkin.  Bunda ular 1-kursni Profi Universityda, 2-kursni Yaponiya davlatida, 3-kursni yana Profi Universityda, 4-kursni esa Fransiyadagi amaliyot mobaynida yakunlashadi.


Yozgi ta’til vaqtida “Work and Travel” dasturi asosida xorijda sayohat qilish va ishlash imkoniyati


Profi University o‘z talabalari uchun “Work and Travel” dasturi asosida turli xil mamlakatlarga sayohatlarni ham uyushtirib boradi. Bu kabi dasturlar asosida esa talabalar xorijiy mamlakatlarda ham sayohat, ham ishlashlari mumkin bo‘ladi.


Masalan, mazkur o‘quv yilida universitetning ayrim talabalari “Work and Travel” dasturida ishtirok etishib, Bolgariya davlatiga jo‘nab ketishdi.


Universitetga yaqinidagi yotoqxona


Profi University o‘z talabalari qulayligi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga harakat qiladi. Shu sababli, universitet binosiga juda yaqin joyda yotoqxona faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan. Yotoqxona 600 talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalar uchun kerakli barcha qulayliklar mavjud.



Talabalarni ish bilan ta’minlash


Profi University doimo zamonga hamohang bo‘lishga intiladi. Hozir mehnat bozori tez sur’atlarda rivojlanib, o‘zgarib boryapti. Bu o‘zgarishlarga tayyor va raqobatbardosh bo‘lish uchun oliygoh allaqachon harakatni boshlagan.


Shu sababli, “Karyera xizmati” loyihasi doirasida “Karyera platformasi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali talabalar elektron portfoliolarini yaratishi va ish beruvchilarga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


Karyera platformasi orqali talabalar nafaqat o‘zlarining rezyume namunalarini tayyorlashi, balki u yerda turli xil kompaniyalardan ish takliflari ham olishi mumkin.


Universitet diplomi tan olinadimi? Bitiruvchilari mavjudmi?


Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Xususiy universitetlar bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan diplom taqdim etishi nazarda tutilgan. Bu esa xususiy universitet diplomi davlat universiteti diplomi bilan bir maqomga ega degan ma’noni anglatadi.


2023/2024-o‘quv yili yakunida Profi University o‘zining ilk bitiruvchilarini katta hayotga kuzatdi. Joriy yilning 24-iyun kuni bitiruvchilar uchun “Bitiruv oqshomi” o‘tkazilib, ularga diplomlar topshirildi. Hozirgi kunda esa oliygoh bitiruvchilari Profi University diplomi bilan turli xil sohalarda ishlashmoqda.



Universitetning oliy maqsadi qanday?


Universitet tanlashda oliygohning asosiy missiyasi va maqsadlari qandayligi ham juda muhim. Shu sababli, qaysidir universitetni tanlashingizdan avval uning oliy maqsadi qanday ekanligi bilan qiziqib ko‘ring.


Profi University oliy maqsadi ta’lim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o‘z bilimi va salohiyati bilan insonlarning hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlar orqali rivojlangan jamiyat yaratilishiga hissa qo‘shishdir.


Kelajakda Profi University faqat universitetgina emas, O‘zbekiston, balki dunyo bo‘yicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan laboratoriyalarga ega bo‘lgan yirik maskanga aylantirish reja qilingan.


Ma’lumot uchun: Profi Universityga kirish imtihoni 2024-yil 17-sentyabr kuni soat 11:00 da universitetning Bektemir kampusida bo‘lib o‘tadi. Darvoqe, agar DTM natijangiz mos kelsa, imtihonlarsiz ham Profi University talabasi bo‘lishingiz mumkin. 

Imtihon uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Reklama huquqi asosida
  • Oliy ta'lim

Ulashish