Toshkentda hayvon qiyofasidagi bolalar paydo bo‘la boshladi
“O‘zini hayvonlarga qiyoslab, o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilgan bolalarning ota-onalari jazolanadi” — IIIV ogohlantirdi.
Ichki ishlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida o‘zini ma’lum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda o‘sha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish ko‘rinishidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon bo‘lmoqda.
Shu kabi voqealar Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina yoshlari orasida ham kuzatilgan. Achinarlisi, bunday nomaqbul harakatlar Toshkent shahrida ham kuzatilgan. Xususan, 10-oktyabrda hayvonlar qiyofasidagi niqoblarni taqib olgan “kvadrober” uchratilgan.
11-oktyabrda esa yana bir “kvadrober” yo‘lovchilarga itga taqlid qilib hujum qilgan, voqeaga guvoh bo‘lgan bola qattiq qo‘rqib ketganligi xabar berilgan.
Repost.uz nashri Toshkent shahrida uchratilgan “kvadrober bola” haqidagi videoni ham e’lon qildi. Unda hayvon niqobi va dum taqib olgan bola hayvonning xatti-harakatlariga taqlid qilib, sakrab, to‘rt oyoqlab harakatlanganini ko‘rishimiz mumkin.
Ekspertlar fikricha, “kvadrober bola” o‘ziga hayvonlarning agressiv harakatlarini qabul qilishiga, o‘zini va atrofdagilarni jarohatlashiga, bolaning hali to‘la shakllanmagan psixikasiga zarar yetishiga hamda uning jamiyatdan ajratilib qolishiga olib kelishi mumkin.
Toshkent shahrida kuzatilgan holatdan so‘ng, Ichki ishlar vazirligi ota-onalarni ogohlantirib, shunday submadaniyat namoyon bo‘lishi holatlari ota-onalar tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarmaslik sifatida malakalanishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, “kvadrober bola”ning ruhiy va emotsional sog‘lig‘iga qanday ta’sir etganligini aniqlash maqsadida zarur hollarda bolalarni maxsus psixologik ko‘rikdan (konfidensial tarzda, bolani yakkalash va diskriminatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan do‘stona usullar orqali) o‘tkazish ham talab etilishi mumkinligi ham eslatildi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga binoan, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir. Shuningdek, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi o‘z bolalarini insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashi shart.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi BHMning 5 barobarigacha (1 million 875 ming so‘mgacha) jarimaga tortishga sabab bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Mavzuga doir yangiliklar
Maktab hududi va binosida o‘quvchilarga aloqasi bo‘lmagan bayram tadbirlarini o‘tkazish mumkin emas
Bu bo‘yicha bir qancha taqiqlar mavjud
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Holat reyd tadbiri davomida aniqlangan
O‘qituvchi sababsiz 3 kun ishga kelmasa, unga qanday jazo chorasini qo‘llash mumkin?
Bunday xodimga qanday jazo qo‘llasa bo‘ladi?
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
Izohingizni tahrirlang