Top.Mail.Ru
2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?

2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun budjetdan qancha mablag‘ ajratilmoqda?

21:26 / 30.10.2024 2.46k

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi hamda Budjetnoma kiritildi.


Unga ko‘ra maktabgacha va maktab ta’limi sohasi tashkilotlari xarajatlari uchun 2025-yilda jami 70 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi reja qilinmoqda. (Budjetnoma)


Bunda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 54 trln so‘mni yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 22,9 foizga oshgan holda Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,7 foizini tashkil etishi prognoz qilingan. 


Ushbu xarajatlar asosan 10 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi 6 mln 800 mingga (o‘tgan o‘quv yilidan 207 ming bolaga ko‘p) yaqin o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish uchun yo‘naltiriladi.


“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga 59 trln so‘mdan ziyodroq mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Budjetnomada ushbu summa 70 trln so‘m ko‘rsatilgan.


Maktabgacha va maktab ta
limi vazirligi davlat idoralari orasida budjetdan mablag ajratilishi boyicha 2-orinni egallagan. Ammo ta’limga sarf qilinishi kerak bolgan real xarajatlarni tahlil qiladigan bolsak, aslida bu juda kam. Chunki, maktab va maktabgacha ta’limga ajratilgan budjetning asosiy qismi ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi.


Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlangan:


  • Rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar – 6 trln 631 mlrd 679 mln;


  • Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida darsliklarni yangilash bilan bog‘liq xarajatlar – 1 trln 300 mlrd;


  • Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish – 250 mlrd;


  • Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish – 120 mlrd;


  • Maktablarda ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun xarajatlar – 200 mlrd;


  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarning sport jihozlari bilan ta’minlash uchun xarajatlar – 62 mlrd 79 mln;


  • Xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish xarajatlari – 250 mlrd;


  • Umumta’lim maktablarini milliy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash uchun xarajatlar – 50 mlrd;


  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini didaktik materiallar bilan ta’minlash – 40 mlrd;


  • Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga planshetlar xarid qilish xarajatlari – 50 mlrd;


  • Umumta’lim maktablarida to‘garaklarni tashkil etish va ularga “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlarini jalb qilish uchun mablag‘lar – 500 mlrd;


  • Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar – 3 trln 809 mlrd 600 mln;


  • Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo‘yilmalar – 4 trln 10 mlrd.


2025-yilda MTTlarni moliyalashtirishga Davlat budjetidan 15,8 trln so‘m yoki 2024-yilgi kutilayotgan ijroga nisbatan 15 foiz ko‘p mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.


Ushbu xarajatlar jami 6 893 ta davlat MTTdagi 1 mln 411 mingdan (2022-yilda 165 mingga ko‘p) ortiq tarbiyalanuvchilarni sifatli maktabgacha ta’lim berish uchun yo‘naltiriladi.


Maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasini oshirish, jumladan, maktabgacha ta’lim xizmatlari nodavlat sektorini yanada rivojlantirish orqali qamrab olingan bolalarning nodavlat maktabgacha ta’limdagi qamrovini oshirish maqsadida 2025- yilda Davlat budjetidan 3,8 trln so‘m (2022-yilda 2,4 trln so‘m) subsidiya mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.


Buning natijasida 2025-yilda 846 mingga yaqin bolalar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrab olinishi prognoz qilingan.


Davlat MTTlarda ovqatlantirish xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘larning yildan yilga oshirilishi hamda ayrim tumanlarda ota-onalar badali to‘lovlariga imtiyozlar o‘rnatilganligi sababli ovqatlantirish xarajatlari 2025-yilda 2022-yilga solishtirganda 1,6 baravarga (ota-ona badali to‘lovlari bilan birga), bunda budjet mablag‘lari hisobidan ovqatlantirish xarajatlari 2 baravarga oshishi prognoz qilinayotgan bo‘lib, ushbu maqsadlar uchun budjetdan 2,5 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati
  • Davlat budjeti

Ulashish