Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi

Toshkent shahridagi mavjud 325 ta umumta’lim maktablarining birida 17 ta, yana birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Milliy gvardiyaning shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Bolalar ta’lim va tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz” deb nomlangan tadbirida gapirib bergan.
“Bitta maktabda 17 ta jinoyat sodir etilgan. O‘n oy davomida (2024-yilning o‘tgan 10 oyi) 17 ta jinoyat sodir etilgan. Shu fursatda 54 ta jinoyat sodir etilgan maktabimiz ham bor. Nima qilish kerak endi bu maktablarni? Maktab direktorlarini ishdan bo‘shataversak, bu muammo hal bo‘lib qoladimi?
Toshkent shahridagi 325 ta maktab direktorini ishdan bo‘shatib, yangi qo‘ysak shu yechim bo‘la oladimi? Shu maktablarda jinoyat sodir bo‘lmay qoladimi? Bu savol ham bor-ku”,-deydi mazkur tadbirda so‘z olgan Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova.
Mazkur tadbirga mezbonlik qilgan Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xodimi Gulchehra Xursandovaning ma’lumot berishicha, Alisher Navoiy kinosaroyida tashkil etilgan tadbirda Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari, maktab rahbarlari, “mahalla yettiligi” hamda boshqa mas’ul idoralar mas’ullari ishtirok etgan.
Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, 2024-yilning 26-aprel kuni taxminan soat 12:00 da Mirobod tumanidagi 94-maktabning 11-sinfida tahsil oluvchi M.A. sinfdoshi A.D. bilan birga ushbu maktabning 9-sinfida o‘quvchi A.B. bilan hech bir sababsiz janjallashib, unga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimovaning OAV vakiliga ma’lumot berishicha, ayni kunda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida 15 ming nafar sinf rahbari bor. Ular farzandlari shu maktablarda tahsil oluvchi 800 ming nafar ota-ona bilan hamkorlikda ishlashi va shu orqali natijaga erishishi kerak bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar

Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroni boshqa tumandagi davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira lavozimiga tayinlash evaziga 2500 AQSH dollari talab qilingan.

Darslarni adolatsiz taqsimlangan direktorga 4 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Maktab direktori yoki boshqa mansabdor shaxslar tomonidan dars soatlarini taqsimlash borasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasa, ularga nisbatan javobgarlik bor.

O‘qituvchilarni maktab “remontiga” jalb qilgan direktor ishdan bo‘shatilib, unga 41,2 mln so‘m jarima solindi
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar dars soatlari kam ajratilishi bilan qo‘rqitilib, ta’mirlash ishlariga majburiy chiqarilgan.

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Izohingizni tahrirlang