Qirg‘iziston maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanishi mumkin
Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi maktab va oliy o‘quv yurtlarida telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda.
Ta’lim vazirligi buni shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish va ta’lim muassasasi obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni oldini olish bilan izohlamoqda.
“Ta’lim tashkilotlarida mobil qurilmalardan foydalanish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. Hujjatda maktab va oliy o‘quv yurtlarining talabalari va xodimlari ta’lim muassasasi binosiga kirishda o‘z gadjetlarini sukut rejimga o‘tkazishi talab qilinishi belgilandi.
O‘quvchilar mobil qurilmalarini o‘chirib, sinflarda belgilangan joylarda qoldirishi kerak bo‘ladi. Telefondan faqat tanaffus paytida yoki favqulodda holatlarda foydalanish mumkin. Telefonlarni quvvatlantirish ham taqiqlanadi.
Ta’lim vazirligi quyidagi maqsadlarda telefondan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda:
- zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish;
- ta’lim muassasasi obro‘siga putur yetkazadigan harakatlar;
- foto va video suratga olish.
Shuningdek, o‘qituvchilarga ham dars vaqtida telefondan foydalanish taqiqlanadi, agar bu ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmasa.
Qayd etilishicha, ishlab chiqilgan qoidalar o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, ijtimoiy-ma’rifiy muhitni yaxshilash, shuningdek, bezorilik va nomaqbul kontent tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Mamlakat parlamenti o‘smirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqchi.
Tojikiston
Tojikiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Tojikiston parlamenti deputati Dilnoza Ahmadzoda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlashni, o‘smirlar foydalanishini esa qat’iy nazorat ostiga olishni taklif qildi.
Janubiy Koreya
Maktablarida telefondan foydalanish butunlay taqiqlandi — Janubiy Koreya
Janubiy Koreya parlamenti dars vaqtida mobil telefon va smart qurilmalardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu tartib 2026-yil martidan kuchga kiradi va mamlakat bo‘ylab barcha maktablarda amal qiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang