Top.Mail.Ru
Pedagogning maqomi to'g'risida Qonun

Pedagogning maqomi to'g'risida Qonun

Sana: 01.02.2024
Hajmi: 193.99kb
UZ RU EN

[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va ta’lim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

Pedagogning maqomi to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 1-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 29-sentabrda ma’qullangan

1-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik

Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

2-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi

Ushbu Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilaydi.

Ushbu Qonunning amal qilishi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) pedagoglariga nisbatan tatbiq etiladi.

Ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarining, 13-moddasi birinchi qismining, 14-moddasi uchinchi va o‘n birinchi qismlarining amal qilishi asosiy ish faoliyatidan tashqari pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga hamda harbiy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

3-modda. Pedagogning maqomi

Ta’lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs pedagogdir.

O‘zbekiston Respublikasida pedagogning maqomi tan olinadi. Pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatini yuritishi uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlanadi va huquqlari amalga oshirilishi uchun kafolatlar beriladi.

Pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxati tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.

Ta’lim tizimida ishlayotgan pedagogning kasbiy darajasiga doir talablar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida hamda pedagogning kasbiy standartlarida belgilanadi.

Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilishi mumkin.

Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb etishi mumkin.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.

4-modda. Murabbiylik

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Murabbiylikni amalga oshirganligi uchun pedagogning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin.

Murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagogga qo‘yiladigan talablar va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

5-modda. Pedagogning kasbiy faoliyati amalga oshirilishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga asosan ish beruvchi pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish;

pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan aholining soliqlar, kommunal to‘lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

pedagogni ishga joylashtirilmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan va profilaktika hisobida turgan voyaga yetmaganlar hisobini yuritish hamda ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish ishlariga jalb etish;

pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

Davlat umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar davlat tomonidan o‘quv qo‘llanmalar bilan bepul ta’minlanadi.

Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ta’lim jarayonida foydalanadigan birlamchi o‘quv-uslubiy materiallar va o‘quv qurollari bilan davlat tomonidan bepul ta’minlanadi.

Pedagogni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ko‘maklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga ko‘ra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qo‘shimcha haq to‘lash evaziga, ishdan bo‘sh vaqtida yoki ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.

Pedagogni biron-bir shaklda mehnatga ma’muriy tarzda majburlash, shuningdek pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

6-modda. Pedagogning huquqlari

Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini hamda usullarini erkin tanlash va ulardan foydalanish;

belgilangan tartibda mualliflik dasturlarini va o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va joriy etish, ijodiy faollik ko‘rsatish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari va modullaridan foydalanish;

kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi davlat axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;

davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayonida ishtirok etish;

ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, tajriba-sinov faoliyatida ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijodiy ta’til olish;

ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

o‘z kasbiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagoglarning jamoat birlashmalariga birlashish va ularda ishtirok etish;

o‘z kasbiy faoliyatiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish;

pedagogik faoliyati davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta’lim oluvchilarning bilimini mustaqil baholash;

ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tish (davlat ta’lim tashkilotlari uchun);

ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.

Pedagog qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Pedagog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ta’lim tashkiloti tomonidan pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmagan holda, o‘z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni ko‘rsatib, sudga bevosita murojaat qilishga haqli.

7-modda. Pedagogning majburiyatlari

Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda:

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;

o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazishi;

o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;

ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi;

voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;

o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;

ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi;

majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.

Pedagogning zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.

8-modda. Pedagogik etika qoidalari

Pedagogik etika qoidalari pedagog o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi chog‘ida amal qilishi lozim bo‘lgan qoidalar majmuidan iboratdir.

Pedagogik etika qoidalari ta’lim tashkilotlari uchun tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Pedagogik etika qoidalarini bilish va ularga amal qilish pedagogning o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishining sifat ko‘rsatkichlarini hamda pedagogning mehnat intizomini belgilaydigan mezondir.

Pedagogik etika qoidalarining pedagog tomonidan buzilishi uni mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka asosan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

9-modda. Pedagoglarni tayyorlash

Pedagoglarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagoglarni tayyorlash qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, professional ta’lim tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Pedagogika ta’lim yo‘nalishi hamda mutaxassisligi bo‘yicha o‘quvchi va talabalarni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasini shakllantirishda oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat grantlari asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratilishi mumkin.

10-modda. Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

Pedagoglarni qayta tayyorlash ularga qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash hamda o‘zining tayanch mutaxassisligi va kasbiga muvofiq mehnat faoliyatini olib borish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi.

Pedagoglar malakasini oshirish ularga o‘z kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilab borish, shuningdek toifasini (lavozimini) oshirish imkoniyatini berish maqsadida amalga oshiriladi.

Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyat kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim tashkilotlari (institut, markaz, fakultet va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.

Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari hamda muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida pedagog o‘zining kasbiy fanlaridan tashqari qo‘shimcha fanlarni (chet tilini, axborot texnologiyalarini, ijtimoiy-gumanitar fanlarni va boshqalarni) ixtiyoriy ravishda o‘zlashtirishi mumkin.

O‘quv rejasi va o‘quv dasturi o‘zgarganda (yangi fan kiritilganda yoki mavjud fan chiqarib tashlanganda) davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini yangi turdosh fan bo‘yicha qayta tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini belgilangan muddatlarda va hajmda oshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

11-modda. Pedagoglarning attestatsiyasi va malaka toifalari

Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tadi hamda uning natijalariga ko‘ra tegishli malaka toifalarini olishi mumkin.

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

12-modda. Pedagogning mehnatiga haq to‘lash

Pedagogning oylik ish haqi ma’lumoti, malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha bazaviy tarif stavkasi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, davlat mukofotlari hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustamalar inobatga olingan holda hisoblanadi.

Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama hamda kompensatsiyalar to‘lanishi mumkin.

Nodavlat ta’lim tashkilotida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagogning mehnatiga haq to‘lash tartibi ushbu tashkilotning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.

13-modda. Pedagoglarni rag‘batlantirish

Kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishganligi uchun pedagoglar “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat mukofotlariga, xususan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvonlari hamda boshqa davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

Xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mukofot pullari to‘lanadi.

Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amaldagi qonunchilikka muvofiq moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari belgilanishi mumkin.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida pedagogning lavozim maoshiga har oyda hisoblanadigan, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haq va ustamalar ushbu tashkilotlarning muassislari yoki vakolatli shaxslari tomonidan belgilanadi.

14-modda. Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish

Ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.

Ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun qisqartirilgan ish vaqti belgilanadi.

Davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglariga davomiyligi ko‘pi bilan ellik olti kalendar kundan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tili kafolatlanadi.

Pedagoglarning toifalariga (lavozimlariga) mutanosib bo‘lgan, qisqartirilgan ish vaqtining va har yilgi asosiy uzaytirilgan mehnat ta’tilining aniq davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Respublikaning olis hududlarida joylashgan ta’lim tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan oliy ma’lumotli pedagoglarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanadi.

Respublikaning olis hududlarida hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlaydigan pedagoglarga imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Qo‘shimcha ijtimoiy himoya choralari va kafolatlari mazkur Qonundan tashqari boshqa qonun hujjatlarida, mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida belgilanishi mumkin.

Pedagoglarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli tarzda qabul qilinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari pedagoglarni mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan moddiy va ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rishi mumkin.

Pedagoglarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanadi.

Pedagogning kasbiy faoliyati davomida ro‘yxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.

Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining hamda boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagoglari davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi.

Davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida davlat ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Pedagogni majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida pedagog o‘z ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.

Ta’lim tashkilotlarining pedagoglarini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi mazkur tashkilotlarning mehnat haqidagi huquqiy hujjatlari, shuningdek xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan, xodimlarning undan o‘tishda chiqimdor bo‘lmasligi hisobga olingan holda belgilanadi.

15-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga oid cheklovlar

Quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

Pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga doir cheklovlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.

16-modda. Nizolarni hal etish

Pedagogning maqomi va uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

17-modda. Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

18-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish

1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 52-band bilan to‘ldirilsin:

“52) pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish bilan bog‘liq ishlar yuzasidan”;

2) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 19-band bilan to‘ldirilsin:

“19) pedagog xodimlar — kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda”.

2. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonunga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:

1) 26-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining hamda ular hududiy bo‘linmalarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas”;

2) 28-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta’lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas”;

3) 5-bob chiqarib tashlansin.

19-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 1-fevral,

O‘RQ-901-son

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2024-y., 03/24/901/0082-son)