O‘qituvchilar orasidan vazir chiqqanmi?

Kecha, 14-iyul kuni O‘zbekistonning 10-ta’lim vaziri Hilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Hozirda esa ushbu lavozimga yangi rahbar tayinlanmadi, shuningdek, vazir lavozimiga aynan kim tayinlanishi ham hozircha noma’lum. Shu sababli, biz pedagoglar orasidan vazir lavozimigacha yetib borgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni izlab ko‘rishga harakat qildik.
Mustaqil O‘zbekiston tarixida jami 10 nafar Xalq ta’limi vaziri faoliyat yuritgan bo‘lsa, ulardan atigi 3 nafari o‘z faoliyatini oddiy o‘qituvchilikdan boshlaganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Misol uchun, mustaqillikning ilk yillarida ya’ni, 1991-yildan – 2000-yilgacha vazir lavozimida faoliyat yuritgan Jo‘ra Yo‘ldoshev pedagogika fanlari doktori, professor ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. U dastlabki mehnat faoliyatini o‘rta maktabda kimyo-biologiya fani o‘qituvchiligidan boshlagan.
2008–2010-yillarda Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan G‘ayrat Shoumarov Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. U psixologiya fanlari doktori, hozirgi kunda akademik ilmiy darajasiga ega bo‘lib, u ham ish faoliyatining dastlabki yillarida pedagoglik faoliyat bilan shug‘ullangan.
G‘ayrat Shoumarov 1991-1996-yillari Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy instituti rektori, 1996-1998-yillari Respublika ta’lim markazi direktori lavozimlarida ham ishlagan. Hozirgi kunda esa Profi University xususiy oliygohi rektori vazifasida ishlaydi.
2011–2013-yillarda Xalq ta’limi vaziri vazifasida ishlagan Temur Shirinov esa Termiz davlat pedagogika institutini tamomlagan. Uning asli kasbi tarix va geografiya fani o‘qituvchisi bo‘lgan.
U 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari lavozimida ishlab kelmoqda.
Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan shaxslarning aksariyati iqtisodchi yoki mutlaqo boshqa soha vakili bo‘lgan. O‘zbekiston qonunchiligida esa vazirlarga soha mutaxassisi bo‘lish talabi qo‘yilmaydi.
Umuman olganda, 2013-yildan to hozirgi kungacha, o‘qituvchilar orasidan vazir chiqmagan.
Yaqindagina lavozimidan ozod qilingan sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning mutaxassisligi ham tashqi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.
Hilola Umarova 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi haqida ham ma’lumotlar mavjud.
Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati tomonidan xalqtaliminfo.uz tahririyatiga berilgan ma’lumotlarda Umarova ham pedagogika sohasida bir necha yillik tajribaga ega ekanligi aytiladi.
Xususan, u Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda dars berganligi, keyinroq shu maktabda direktorlik faoliyati bilan shug‘ullangani haqida ma’lumotlar mavjud.
Uzoq muddat vazir lavozimida ishlagan shaxs
Mustaqil O‘zbekiston tarixida hozirgi kunga qadar xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritgan vazirlarning lavozimida qolish muddatlarini sarhisob qiladigan bo‘lsak, ular orasida vazir lavozimida eng uzoq qolgan shaxs Jo‘ra Yo‘ldoshev hisoblanadi.
U mustaqillikning ilk yillaridan boshlab, ya’ni 1991-yildan – 2000-yilgacha, ya’ni 9 yil vazir lavozimida faoliyat yuritgan.
Boshqa vazirlar 3 yildan 5 yilgacha, ularning ayrimlari esa atigi 1 yil vazir lavozimida faoliyat olib borgan. Jumladan:
1-vazir – Jo‘ra Yo‘ldoshev 9 yil 20 kun vazir lavozimida ishlagan. 1991-yil 22-iyul – 2000-yil 11-avgust.
2-vazir – Risoboy Jo‘rayev 3 yil 8 oy 26 kun vazir lavozimida ishlagan. 2000-yil 11-avgust – 2004-yil 7-may.
3-vazir – Turopjon Jo‘rayev 3 yil 10 oy 19 kun vazir lavozimida ishlagan. 2004-yil 7-may – 2008-yil-26 mart.
4-vazir – G‘ayrat Shoumarov 1 yil 9 oy 29 kun vazir lavozimida ishlagan. 2008-yil 28-aprel – 2010-yil 26-fevral.
5-vazir – Avazjon Marahimov 1 yil 3 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2010-yil 2-mart – 2011-yil 30-iyun.
6-vazir – Temur Shirinov 1 yil 7 oy 3 kun vazir lavozimida ishlagan. 2011-yil 4-iyul – 2013-yil 7-fevral.
7-vazir – Ulug‘bek Inoyatov 5 yil 4 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan. 2013-yil 7-fevral – 2018-yil 20-iyun.
8-vazir – Sherzod Shermatov 3 yil 4 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan. 2018-yil 20-iyun – 2021-yil 17-noyabr.
9-vazir – Baxtiyor Saidov 1 yil 1 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan. 2021-yil 17-noyabr – 2022-yil 30-dekabr.
10-vazir – Hilola Umarova 2 yil 6 oy 14 kun vazir lavozimida faoliyat olib bordi. 2022-yil 30-dekabr – 2025-yil 14-iyul.
Hozirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimi bo‘sh qolmoqda. Yangi rahbar kim bo‘lishi hozircha rasman e’lon qilinmadi. Bu lavozimga endi kim kelishi ta’lim sohasi vakillari, pedagoglar va mutaxassislari orasida tabiiy ravishda qiziqish uyg‘otmoqda. O‘ylaymizki, yaqin kunlarda ushbu lavozimga yangi tayinlov ham amalga oshiriladi.
Comments 7
Please register to comment!
News

A senator's inquiry was sent regarding certain problems identified in schools.

Some kindergartens in Karakalpakstan will be closed due to hot weather.

Uzbek students achieved the best result in the history of the International Chemistry Olympiad.

A new vice-rector has been appointed at the A. Avloni Institute for Advanced Training.
News on the topic

Who will make the decision on the new Minister of Education?
The appointment and dismissal of the Minister of Preschool and School Education are carried out exclusively by the President of the Republic of Uzbekistan. However, the process of appointing a minister consists of several stages.

A parliamentary request was sent to the Ministry of Preschool and School Education
A parliamentary inquiry was sent to Agrippina Shin, director of the Preschool Education Agency

A parliamentary inquiry was sent to the minister due to the lack of medical rooms in some schools
The existing medical rooms are also not fully equipped with the necessary equipment.

A memorandum was signed with the Ministry of Preschool and School Education
Now, within the framework of the memorandum, cooperation will be carried out in various directions.
Edit your comment