O‘zbekiston ta’limi: ilk mustaqillik yillarini eslab…
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 34 yil to‘ldi. Ta’lim tizimi xodimlarini Mustaqillik kuni bilan tabriklagan holda xalq ta’limi tizimining avvalgi va hozirgi holati haqidagi ayrim ma’lumotlarning bir qismini e’tiboringizga havola etishni lozim topdik.
Mustaqillikdan avvalgi davrlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, zamonaviy shakldagi maktablar O‘zbekistonda 1921-1922-yillarda tashkil etila boshladi. Unga qadar o‘zbek xalqi ta’lim tizimida bolalarga turli xil usullarda ta’lim berishga mo‘ljallangan “maktabxona”, “daloilxona”, “qorixona”, “madrasa”, “rus-tuzem maktabi”, “gimnaziya”, “jadid maktablari” kabi ta’lim maskanlari faoliyat yuritgan.
1921-1922-yillarda zamonaviy shakldagi maktablar joriy qilingan bo‘lsa-da, ammo umumiy ta’limning faqatgina boshlang‘ich maktab bosqichi mavjud bo‘lib, ta’lim 7 yilni tashkil qilgan.
1959-yildan boshlab umumiy majburiy ta’lim 8 yillik bo‘ldi. 1970-yildan boshlab esa 10 yillik tizimga o‘tilib, to mustaqillik yillariga qadar bir necha bor o‘zgarishlar kiritib borildi. 1930-1931-o‘quv yilidan boshlab majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida ham islohotlar davri boshlandi. Dastlabki mehnat faoliyatini o‘rta maktabda kimyo-biologiya fani o‘qituvchiligidan boshlagan Jo‘ra Yo‘ldoshev Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. U 1991-yildan – 2000-yilgacha xalq ta’limini boshqardi.
1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim uch bosqichdan: boshlang‘ich ta’lim – 1-4 sinflar, tayanch ta’lim – 5-9 sinflar, o‘rta ta’lim – 10-11 sinflardan iborat ekanligi belgilab qo‘yildi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun bilan pedagog xodimlarga bir qancha imtiyozlar ham belgilandi. (Hozirgi kunga qadar zamon talablaridan kelib chiqqan holda mazkur qonun ikki marotaba (29.08.1997-23.09.2020) yangi tahrirda qabul qilindi.
1995-yilda O‘zbekistonda 183 ta boshlang‘ich maktab (1–4-sinflar), 1814 ta tayanch maktab (5–9-sinflar), 7203 ta o‘rta maktab (10–11-sinflar) hamda 184 ta kechki maktab bo‘lib, unda 418,7 ming pedagog faoliyat yuritgan.
Mustaqillikning ilk yillari — 1991–1995-yillarda maktab darsliklari masalasiga e’tibor qaratilib, 164 nomdagi darsliklar, jumladan 44 nomdagi mutlaqo yangi darslik, 21 nomdagi muqobil darsliklar nashr qilindi.
Ushbu davrda ham xuddi hozirgi kundagi prezident, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga o‘xshash maktablar joriy qilingan. Bunday maktablarni joriy qilish uchun “Iqtidorli bolalar” nomli dastur ishlab chiqiladi va 760 ming nafar o‘quvchi tahsil oladigan, muayyan fanlarni chuqurlashtirib o‘rgatishga mo‘ljallangan 3120 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilinadi.
Albatta, ta’limdagi o‘zgarishlar mustaqillik hamda undan oldingiz yillardagi matbuotda ham keng yoritilgan. O‘sha davr gazetalarida chop etilgan maqolalar orqali ta’lim tizimida amalga oshirilgan ishlar, pedagoglar faoliyati va o‘quvchilarning hayoti haqida yanada yaqqol tasavvur hosil qilish mumkin. Quyida sizga o‘sha davr matbuotidan ayrim sahifalarni havola etamiz.
‘‘Maktablar 3-4 smenada ish olib bormoqda, darsliklar nashr etishda ham katta kamchiliklar bor’’ — ‘‘Qizil O‘zbekiston’’ gazetasining 1947-yil 22-mart soni
Comments 1
Please register to comment!
News
The attestation fee will be paid until March 10, but in case of an error, the money will not be refunded.
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
The Ministry explained why the terms of the qualification category certificate have changed.
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
News on the topic
News
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
News
Yangi “ta’lim kuratori” Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Education policy
2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Education policy
O‘zbekiston 12 yillik ta’limga qachon va qanday o‘tmoqchi?
O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish masalasi ayni vaqtda jamoatchilikning e’tibor markazida turibdi. Dastlab bu mavzu turli mish-mishlar va asossiz xabarlar fonida tilga olingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u ta’lim siyosatining aniq yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rsatilyapti.
English
Edit your comment