Ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bekor qilinganmi?

Savol
Men IDUM’da direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayman. Menejerlik kursida o‘qib, sertifikat olgandim. Buning uchun qo‘shimcha ustama olayotgandim.
Lekin yaqinda moliyachilar kelib, ixtisoslashtirilgan maktabda ishlaydigan o‘rinbosarlar ustamasini to‘xtatib qo‘ydi. Kamiga to‘langan ustamalarni qaytarishimizni ham talab qilishyapti.
Nega bunday qilishyapti, ixtisoslashtirilgan maktab rahbarlari uchun menejerlik sertifikatiga ustama to‘lash bekor bo‘lganmi?
Javob
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.
Qarorning 2-b bandida menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktorlariga 50 foiz, maktab direktori o‘rinbosarlariga esa 30 foiz miqdorda ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida ustama to‘lab berish nazarda tutilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida esa ushbu nizom talablari qaysi turdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Unga ko‘ra, mazkur nizom talablari quyidagi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;
- sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;
- ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
- alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
Ushbu normaga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu yerda faqatgina yuqoridagi ro‘yxatda sanab o‘tilgan maktablar tipidagi direktor lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan. Unda esa direktor o‘rinbosarlari lavozimi ko‘rsatib o‘tilmagan.
Misol uchun, aytaylik, yuqorida ro‘yxati keltirib o‘tilgan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida ishlovchi direktor o‘rinbosari hududdagi boshqa bir oddiy davlat maktabiga direktor bo‘lish istagida menejerlik sertifikatini oldi.
Endi shu o‘rinbosarga Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori 2-b bandiga muvofiq, o‘zining ish joyi bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan 30 foizlik ustama to‘lab berish kerak bo‘ladi. Chunki, qarorda bunday holatga nisbatan cheklov qo‘yilmagan.
Nizomni ko‘zdan kechirib chiqilganda ham uning hech bir bandida “direktor o‘rinbosari” jumlasini uchratmaymiz. Chunki, ushbu nizom direktor o‘rinbosarlarini emas, balki direktor lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikati berishni tartibga soladi.
Chunki, ushbu tartibni amaliyotga joriy tishdan asosiy ko‘zlangan maqsad menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar orasidan maktab direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish bo‘lgan.
Qarorning 2-b bandida esa menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz ustama to‘lanishi aniq belgilab qo‘yilgan. U yerda ma’lum bir bir maktab tipi ko‘rsatib o‘tilmagan. Bu esa mazkur norma barcha tipdagi ta’lim muassasalariga nisbatan qo‘llanilishi mumkinligini anglatadi.
To‘g‘ri, bu holat me’yoriy hujjatni ishlab chiqqan mualliflar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kichik xatolik bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni, nizomga yuzaki nazar solinganida, ayrim tipdagi maktab direktori o‘rinbosarlariga ustama to‘lab berilishi kerak emasdek tuyuladi.
Ammo qonunchilik normalaridan kelib chiqilsa, mazkur tipdagi maktab direktori o‘rinbosarlariga ustama to‘lab bermaslik uchun asoslar ham yetarli emasligi ma’lum bo‘ladi.
To‘lab berilgan ustamalarni qaytarib olish ham qonunchilikka zid
Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.
Ya’ni, yuqoridagi holatda direktor o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lab berilishi noto‘g‘ri amaliyot ekanligi tasdiqlangan taqdirda ham, ularga to‘lab bo‘lingan ortiqcha ustama pullarini qaytarib bo‘lmaydi. Ushbu summalarni qaytarib berishni talab qilish esa g‘ayriqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.
Umumiy xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarorida ham, mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomda ham Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan direktor o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lab bermaslik uchun yetarli asoslar mavjud emas, deb hisoblaymiz.
Comments 1
Please register to comment!
News

Vacant land in the school will be given to entrepreneurs who want to build a kindergarten for free use for 30 years.

Toifasiga qo‘shimcha haq to‘lanmagan CHQBT o‘qituvchisi sudda yutib chiqdi

Yana 4 nafar o‘qituvchi vazirlikni sudga berdi, lekin ular ham bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgani aytilmoqda

An additional exam for the B2 certificate for foreign language teachers will be held in August.
News on the topic

Will teachers with a management certificate also receive a 50% bonus?
Resolution No. 681 of the Cabinet of Ministers dated December 25, 2023, approved the Regulation on the procedure for training candidates for the position of school principal in management training courses and issuing them a management certificate.

379 directors who took management courses did not receive certificates.
At the press conference, information was presented on the system of professional development, management training courses, as well as the processes of preparation for the international PISA study.

Will the deputy director performing the duties of a director studying in a management course receive additional payment?
In this situation, no additional payment will be made

What is the importance of improving the system of issuing a certificate of management to school principals?
This article analyzes the advantages and disadvantages of the management certificate requirement
Edit your comment