Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Forish tumani hokimligi Axborot xizmati rasmiy bayonotida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 9-oktyabr kuni soat 9-00 lardan 16-00 ga qadar bo‘lgan vaqt davomida Forish tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari isitma ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, ich ketish va holsizlik kabi shikoyatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.
Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan epidemiologik surishtiruv davomida murojaat qilib kelgan bolalar 2025 yil 8 oktyabr kuni maktabgacha ta’lim muassasalarida biokefir, sir va sariyog‘ kabi mahsulotlari iste’mol qilishganligi aniqlanib, ularga anamnez va birinchi tekshiruvlar asosida “o‘tkir diareya” tashxisi qo‘yilib, statsionar ravishda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Aniqlanishicha, Jizzax viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining dastlabki xulosasiga asosan Forish tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ommaviy zaharlanish yuzaga kelishida oziq-ovqat mahsulotlarini tashish, saqlash, ishlov berish jarayonlaridagi sanitariya qoida va normalarining buzilishi holatlari mavjudligi sababli inson organizmida oshqozon-ichak hazm qilish tizimining buzilishiga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan 082352/2025-24-fg sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi hokimlik bergan rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangandi.
Comments 4
Please register to comment!
News
From now on, teachers' medical examination fees will be covered by the state budget.
Another benefit promised to teachers has come into force.
Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanadi
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
News on the topic
News
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish borasidagi ayrim ma’lumotlarni ochiqladi.
News
Minister Ezoza Karimova made a presentation to the President for the first time
On February 4, President Shavkat Mirziyoyev reviewed proposals for further improving the preschool education and upbringing system.
News
Some private kindergartens were closed due to violations of sanitary requirements.
It turned out that the kitchens of 60 kindergartens are in need of repair, there are interruptions in the water supply, and handwashing equipment is not sufficiently equipped.
News
Four children who were poisoned in a kindergarten in Jizzakh remain hospitalized.
The Children's Ombudsman visited state preschool educational organizations No. 1, 3, 5, and 7 and conducted a monitoring study.
English
Edit your comment