Top.Mail.Ru
Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

22:06 / 25.09.2025 4.47k

Joriy yil 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari  ovqatdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.


Dastlabki tibbiy ko‘riklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning o‘zida aksariyat bolalarning sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.


Shundan so‘ng, holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi dastlabki rasmiy munosabatini bildirdi. 


Ta’kidlanishicha, mazkur vaziyat darhol Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari boshlangan.


Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shu kuni  olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti  Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.


Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazilyapti. 


25-sentyabr kuni vazir E’zoza Karimova boshchiligidagi mas’ullar Toshkent viloyatidagi holatni joyiga chiqib o‘rgandi. 




Vazirlikning ma’lum qilishicha, vazir E’zoza Karimova, vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan o‘rganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borgan.


Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik mas’ullari bilan hamkorlikda bog‘chalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilgan. 


Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida bo‘lib, bolalar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan o‘tkazilmoqda. 


Hozirgacha bolalar sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmagan. Ayni vaqtda yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan. 

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktabgacha ta'lim
  • Ovqatdan zaharlanish

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Maktabgacha ta'lim

Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi

Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.

15:49 / 30.09.2026
Maktabgacha ta'lim

Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi

2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi bog‘cha oshxonasida hasharotlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan BSM vositasini ichib qo‘ygan.

14:22 / 28.09.2026
Maktabgacha ta'lim

Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda

Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.

09:00 / 30.08.2026
Yangiliklar

Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.

12:50 / 03.08.2026