Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi
Joriy yil 24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.
Dastlabki tibbiy ko‘riklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qo‘yilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning o‘zida aksariyat bolalarning sog‘lig‘i yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.
Shundan so‘ng, holat bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi dastlabki rasmiy munosabatini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur vaziyat darhol Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘rganish ishlari boshlangan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘idagi o‘zgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab bo‘lgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.
Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda iste’mol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan o‘tkazilyapti.
25-sentyabr kuni vazir E’zoza Karimova boshchiligidagi mas’ullar Toshkent viloyatidagi holatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, vazir E’zoza Karimova, vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev mazkur holatlarni shaxsan o‘rganish maqsadida Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borgan.
Xususan, hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy hokimlik mas’ullari bilan hamkorlikda bog‘chalarning ayni vaqtdagi holati, oshxonalardagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilgan.
Ayni paytda Quyi Chirchiq tumanida 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanida 97 nafar bola shifokorlar nazoratida bo‘lib, bolalar salomatligi barqaror. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ehtiyot chorasi sifatida Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi MTT tarbiyalanuvchilari navbati bilan shifokorlar nazoratidan o‘tkazilmoqda.
Hozirgacha bolalar sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmagan. Ayni vaqtda yuzaga kelgan holat huquq-tartibot organlari tomonidan nazoratga olingan va tergov jarayonlari boshlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Erkinjon Turdimov vazir lavozimiga tayinlangandan so‘ng ilk bor ko‘rinish berdi
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabgacha ta'lim
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Maktabgacha ta'lim
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi bog‘cha oshxonasida hasharotlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan BSM vositasini ichib qo‘ygan.
Maktabgacha ta'lim
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang