Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Telegramdagi “School English Teachers” kanalida pedagog xodimning attestatsiya natijalari g‘ayrioddiy shaklda o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar tarqatildi.
Unda aytilishicha, o‘qituvchi attestatsiya imtihonida ishtirok etganidan so‘ng, “Yil o‘qituvchisi” uchun 110 ballni qo‘lga kiritgani haqidagi ma’lumotlar uning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda shakllantirilgan.
O‘qituvchi esa shu zahoti mazkur ma’lumotlarni mobil qurilmasi orqali “skrinshot” qilib olgan. Ammo, oradan 3 kun o‘tib, natijalar qayta tekshirib ko‘rilganda, raqamlar o‘zgarib qolganiga guvoh bo‘lgan. Ya’ni, har bir to‘g‘ri javob uchun 3.1 ball berishi kerak bo‘lgan bo‘limdan 2 ta savol xato shakliga o‘zgartirilib, 1.1 ball berishi kerak bo‘lgan kasbiy standart bo‘limiga 2 ta to‘g‘ri javob qo‘shib qo‘yilgan.
Natijada pedagog xodimning “Yil o‘qituvchisi” balli 4.0 ballga kamayib qolgan. Ammo, pedagog xodimning attestatsiya natijalari o‘zgarishsiz qoldirilgan.
“Bunday murojaatlar guruhlarda ancha ko‘payib qoldi. Shunda o‘qituvchi ballarini o‘zgartirib, pastlatishdan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin? Xuddi shunday qilib pastlatish mumkin ekan, demak balandlatish ham mumkin. Balandlatib berish nimani evaziga bo‘layotgan bo‘lishi mumkin? Bu “Yil o‘qituvchisi” o‘rinlari sotilyapti degan xulosaga olib kelmaydimi?”, - deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Yil o‘qituvchisi” natijalarining o‘zgarib qolishi boshqa pedagoglarda ham kuzatilgan. Aslida bu texnik xatolik bo‘lishi ham mumkin. Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu haqda pedagoglarni rasman ogohlantirmagan.
Ma’lumot uchun: “Yil o‘qituvchisi” tanlovning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida har ikki yilda bir marta avgust-dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) o‘tkaziladi.
Malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirig‘iga (shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:
- mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 ball;
- pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 ball;
- kasb standarti uchun (5 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 ball beriladi.
Bunda har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazilishi belgilangan.
Comments 11
Please register to comment!
News
Two minors drowned in Fergana
"Damas" and cash prizes were awarded to the student teams of 3 schools.
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Restrictions may be placed on holding private subject Olympiads.
News on the topic
News
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Tanlov natijalari e’lon qilingan bo‘lsa-da, pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati berilmagan.
Вы спрашивали
Can private school teachers also participate in the "Teacher of the Year" competition?
It is determined that the competition will be held only among pedagogical workers working in general secondary education organizations of the Ministry of Preschool and School Education system.
News
Qozog‘istonlik o‘qituvchi dunyoning eng yaxshi 50 nafar pedagoglar qatoriga kirdi
Olmaotadagi 95-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Tatyana Beloussova nufuzli Global Teacher Prize 2026 xalqaro tanlovining finalchisi deb topildi.
Вы спрашивали
"Yil o‘qituvchisi" tanlovi qanday tartibda o‘tkaziladi?
“Yil o‘qituvchisi” tanlovi aniq belgilangan tartib asosida uch bosqichda tashkil etiladi.
English
Edit your comment