Top.Mail.Ru
Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda

12:21 / 03.11.2025 9.59k

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yil o‘qituvchisi” natijalari sotilyaptimi?” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Xususan, Telegramdagi “School English Teachers” kanalida pedagog xodimning attestatsiya natijalari g‘ayrioddiy shaklda o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar tarqatildi.


Unda aytilishicha, o‘qituvchi attestatsiya imtihonida ishtirok etganidan so‘ng, “Yil o‘qituvchisi” uchun 110 ballni qo‘lga kiritgani haqidagi ma’lumotlar uning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda shakllantirilgan. 


O‘qituvchi esa shu zahoti mazkur ma’lumotlarni mobil qurilmasi orqali “skrinshot” qilib olgan. Ammo, oradan 3 kun o‘tib, natijalar qayta tekshirib ko‘rilganda, raqamlar o‘zgarib qolganiga guvoh bo‘lgan. Ya’ni, har bir to‘g‘ri javob uchun 3.1 ball berishi kerak bo‘lgan bo‘limdan 2 ta savol xato shakliga o‘zgartirilib, 1.1 ball berishi kerak bo‘lgan kasbiy standart bo‘limiga 2 ta to‘g‘ri javob qo‘shib qo‘yilgan. 


Natijada pedagog xodimning “Yil o‘qituvchisi” balli 4.0 ballga kamayib qolgan. Ammo, pedagog xodimning attestatsiya natijalari o‘zgarishsiz qoldirilgan.



“Bunday murojaatlar guruhlarda ancha ko‘payib qoldi. Shunda o‘qituvchi ballarini o‘zgartirib, pastlatishdan kim manfaatdor bo‘lishi mumkin? Xuddi shunday qilib pastlatish mumkin ekan, demak balandlatish ham mumkin. Balandlatib berish nimani evaziga bo‘layotgan bo‘lishi mumkin? Bu “Yil o‘qituvchisi” o‘rinlari sotilyapti degan xulosaga olib kelmaydimi?”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yil o‘qituvchisi” natijalarining o‘zgarib qolishi boshqa pedagoglarda ham kuzatilgan. Aslida bu texnik xatolik bo‘lishi ham mumkin. Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu haqda pedagoglarni rasman ogohlantirmagan.




Ma’lumot uchun: “Yil o‘qituvchisi” tanlovning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida har ikki yilda bir marta avgust-dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) o‘tkaziladi.


Malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirig‘iga (shu jumladan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:


  • mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 ball;


  • pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 ball;


  • kasb standarti uchun (5 ta) har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 ball beriladi.


Bunda har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etgan holda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tkazilishi belgilangan.

Комментарии 11

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Учитель года

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

O‘qituvchilar “Yil o‘qituvchisi” mukofot puli hisobidan soliq to‘lamaydi

Tanlov g‘oliblari uchun 100 mln so‘mdan ortiq mablag‘ ularning foydasiga hal bo‘ldi. Agar “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari 1-sentabrga qadar aniqlanib, mukofot puli ham shu paytda rasmiylashtirilganida, har bir g‘olibga 616 mln so‘m emas, 576 mln 800 ming so‘m miqdorda mukofot puli berilgan bo‘lardi.

22:03 / 19.09.2026
Новости

“Yil o‘qituvchisi”mi yoki kitobxonlik tanlovi?

Bir yil davomida “Yil o‘qituvchisi” tanloviga tayyorgarlik ko‘rgan, mutaxassislik fani va pedagogik mahorati bo‘yicha sinovlardan o‘tgan o‘qituvchilarning avvalgi bosqichlarda to‘plagan natijalari yakuniy natijani aniqlashda hisobga olinmadi.

18:06 / 28.08.2026
Новости

Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti

Tanlov natijalari e’lon qilingan bo‘lsa-da, pedagoglarga apellyatsiya shikoyati yuborish imkoniyati berilmagan.

15:00 / 05.03.2026
You asked

Могут ли учителя частных школ также участвовать в конкурсе "Учитель года"?

Конкурс будет проводиться только среди педагогических работников, работающих в организациях общего среднего образования системы Министерства дошкольного и школьного образования.

22:36 / 05.02.2026