Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Umarova Hilola O‘ktamovna pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini himoya qildi.
U Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim tashkilotlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirishning metodologik jarayonlari” mavzusidagi dissertatsiya ishini yoqladi va unga Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 30-dekabr kungi soat 14:00 dagi majlisi xulosasi bilan pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi.
Eslatib o‘tamiz, Hilola Umarova 2023-yil, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgan davrida “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini yoqlab, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandi.
Comments 14
Please register to comment!
News
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
The Ministry explained why the terms of the qualification category certificate have changed.
Attestatsiya borasidagi uzoq tortishuvlardan so‘ng, vazirlik o‘qituvchilarga ball qo‘shib beradigan bo‘ldi
It is said that the ministry arbitrarily shortened the term of the teacher qualification category certificate.
News on the topic
Article
Maktab direktorligidan, prezident administratsiyasigacha: Hilola Umarovaning karyera yo‘li
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hilola Umarovaning ishdan olinishi va Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangani ko‘pchilik uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.
News
Hilola Umarova o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar haqida nima deydi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat rahbari tomonidan o‘qituvchilar bayrami kuni oldidan e’lon qilingan imtiyozlar nega haligacha joriy qilinmaganligiga e’tibor qaratdi.
Ta’limga oid yangi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda
8-sentyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’lim islohoti bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova Prezident Shavkat Mirziyoyevga ta’lim tizimini isloh qilish masalalari yuzasidan taqdimot qildi.
News
From teacher's salary to school uniforms and school textbooks
The press conference was opened by Hilola Umarova
English
Edit your comment