Maktab maslahatchisi lavozimiga ariza topshirolmaganlar nima qilsa bo‘ladi?
Savol
Qashqadaryo viloyatidan yozyapman. Men maktab maslahatchisi lavozimiga ishga o‘tmoqchi edim. Lekin ariza topshirishga ulgurmay qolgandim. Endi nima qilsam bo‘ladi?
Javob
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 30-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 368-sonli buyrug‘i ham imzolanib, unda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati, maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi hamda maslahatchilarning malaka tavsifi tasdiqlangan.
Ammo vazirlik ma’lum bir sabablarga ko‘ra 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilishga ulgurmadi. Shu sababli, 3400 ta maktabda maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati kechiktirildi.
Yanvar oyida 3 400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning dastlabki bosqichi — test sinovlari o‘tkazildi. Unda arizalari muvaffaqiyatli qabul qilingan 10 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Shu sababli, hozirda mazkur 3 400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun arizalar qabuli to‘xtatilgan.
Xalqtaliminfo.uz’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalla fuqarolar yig‘inidagi ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan shtatlar (mahallalar boshqaruv tizimi) o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilish uchun berilishi reja qilingan.
Hozirda fevral oyida maktab maslahatchisi shtat birligi ajratilmagan maktablar uchun ham vakansiyalar ajratilishi kutilmoqda. Shtat birliklar ajratilganda, bu haqda vazirlikning yoki xalqtaliminfo.uz’ning rasmiy sahifalarida ham e’lon qilinadi.
Bunda maktab maslahatchisi lavozimiga ariza topshirolmaganlar hamda ushbu lavozimda ishlashni istagan boshqa talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali ariza qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid eng so‘nggi yangiliklarni xalqtaliminfo.uz’da kuzatib boring.
Comments 24
Please register to comment!
News
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
MMTV tizimida 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
News on the topic
News
Nega maktab maslahatchisi lavozimiga talabalar qabul qilinyapti? “Kelajak” markazi izoh berdi
Maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, talabalariga ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzod sifatida ariza yuborishga rozilik bergani haqida xabar bergandik.
News
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Respublika “Kelajak” markazi bosh mutaxassisi Nodirbek Murodovning xabar berishicha, ayni vaqtda oliy ta’lim tashkilotlarining 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalari ham maktab maslahatchisi lavozimiga ishga qabul qilinmoqda.
Do you know?
Maktab maslahatchisi qanday tartibda lavozimga tayinlanadi?
2025-yil 9-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi tashabbusi ilgari surilgandi.
News
Starting tomorrow, interviews for the position of school advisor will begin.
Starting from February 12 of this year, interviews will be held for the position of school advisor in general secondary schools of the "Kelajak" centers.
English
Edit your comment