Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga bo‘lgan murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzolandi.
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida imzolangan.
Buyruq bilan ta’lim tashkilotlarining namunaviy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari yangilangan tahrirda qabul qilndi.
Shuningdek, buyruq bilan ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari) xodimlarining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmaslik, zo‘ravonlikka uchragan bolalar to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish bo‘yicha majburiyatlarini odob-axloq qoidalari, mehnat shartnomasi va lavozim yo‘riqnomasiga kiritildi.
Undan tashqari, pedagoglar va boshqa xodimlar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish holatini tashkilotlarning ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat shartnomalarida belgilanadigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlar ro‘yxatiga kiritildi.
Ya’ni, endilikda pedagoglar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati kuzatilsa, bu pedagoglar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga sabab bo‘ladi.
Bunda pedagog xodim tomonidan nafaqat voyaga yetmagan o‘quvchilarga nisbatan, balki o‘z hamkasblariga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlari sodir etganida va bu holat o‘z isbotini topganida pedagog xodim maktab direktorining tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Yangi tahrirdagi odob-axloq qoidalariga ko‘ra pedagoglar:
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish va tashkilotda bunday holatlarga bevosita yoki bilvosita guvoh bo‘lgan taqdirda “Inson” ijtimoiy markazi yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish;
- o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- o‘quvchining sha’nini kamsitmaslik, tahqirlamaslik;
- zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borish;
- o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik;
- o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik;
- chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish;
- o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;
- o‘quvchining psixologik holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvidagi o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor qaratish;
- og‘ir hayotiy vaziyat belgilari (oilaviy muammolar, iqtisodiy qiyinchilik, zo‘ravonlik, nogironlik, sog‘liq muammolari va boshqalar)ni barvaqt aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi keskin kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.
Comments 6
Please register to comment!
News
Qaysi toifadagi o‘qituvchilarga uy-joy ipoteka krediti uchun subsidiya berilishi aniq bo‘ldi
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Attestatsiya masalasi bilan Prezident administratsiyasi shug‘ullanadi
2026-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
News on the topic
News
The head of the "oblono" of Samarkand has been dismissed
The head of the Department of Preschool and School Education of the Samarkand region, Muzaffar Khamdamov, was dismissed for including his son and nephew in the "Alvon Yelkanlar" (Red Sails) celebration, which was supposed to be attended by gifted students.
News
The head of the Samarkand Department of Public Education returned 28 million soums to the budget for sending his child abroad.
The violation of the law by officials of the Department of Preschool and School Education of the Samarkand region has been proven.
News
Heads of education departments of Fergana and Khorezm regions were brought to administrative responsibility.
Sherzod Dolimov and Khamro Bektemirov were fined for violating labor legislation.
News
Now teachers who do not report violence will also be punished.
The President of the Republic of Uzbekistan signed a decree "On Approving the Strategy for the Protection of Children from All Forms of Violence for 2026-2030."
English
Edit your comment