Top.Mail.Ru
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi

15:31 / 01.02.2026 2.57k

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga bo‘lgan murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzolandi.


Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish maqsadida imzolangan.


Buyruq bilan ta’lim tashkilotlarining namunaviy odob-axloq qoidalari,  ichki mehnat tartibi qoidalari, xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari yangilangan tahrirda qabul qilndi.


Shuningdek, buyruq bilan ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, ixtisoslashtirilgan hamda kasbiy ta’lim tashkilotlari) xodimlarining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmaslik, zo‘ravonlikka uchragan bolalar to‘g‘risida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ichki ishlar organlarini xabardor qilish bo‘yicha majburiyatlarini odob-axloq qoidalari, mehnat shartnomasi va lavozim yo‘riqnomasiga kiritildi.


Undan tashqari, pedagoglar va boshqa xodimlar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish holatini tashkilotlarning ichki mehnat tartib qoidalari va mehnat shartnomalarida belgilanadigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlar ro‘yxatiga kiritildi.


Ya’ni, endilikda pedagoglar tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati kuzatilsa, bu pedagoglar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga sabab bo‘ladi.


Bunda pedagog xodim tomonidan nafaqat voyaga yetmagan o‘quvchilarga nisbatan, balki o‘z hamkasblariga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlari sodir etganida va bu holat o‘z isbotini topganida pedagog xodim maktab direktorining tashabbusiga ko‘ra ishdan bo‘shatilishi mumkin.


Yangi tahrirdagi odob-axloq qoidalariga ko‘ra pedagoglar:


  • bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish va tashkilotda bunday holatlarga bevosita yoki bilvosita guvoh bo‘lgan taqdirda “Inson” ijtimoiy markazi yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish; 


  • o‘quvchilarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; 


  • o‘quvchining sha’nini kamsitmaslik, tahqirlamaslik; 


  • zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot, tushuntirish ishlarini olib borish; 


  • o‘quvchilarning shaxsiga doir ma’lumotlarni sinfdoshlar oldida muhokama qilmaslik; 


  • o‘quvchini ommaviy izza qilmaslik; 


  • chet elga chiqib ketgan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida muassasa rahbariyatini xabardor qilish; 


  • o‘quvchining ota-onasi yoki ularning qonuniy vakillari bilan shaxsiy adovatga bormaslik;


  • o‘quvchining psixologik holati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuvidagi o‘zgarishlarga vaqtida e’tibor qaratish; 


  • og‘ir hayotiy vaziyat belgilari (oilaviy muammolar, iqtisodiy qiyinchilik, zo‘ravonlik, nogironlik, sog‘liq muammolari va boshqalar)ni barvaqt aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 


  • giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi keskin kurashish borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish.

Комментарии 6

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Насилие
  • Подотчетность

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi

Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.

12:16 / 10.03.2026
Новости

Начальник народного образования и директора были оштрафованы за азартные игры.

В Улугнорском районе Андижанской области шесть работников сферы образования были задержаны при азартных играх в чайхане и привлечены к административной ответственности.

15:50 / 04.01.2026
Новости

Задержан начальник ДОО за вымогательство взятки в обмен на непроведение расследования

Начальник отдела дошкольного и школьного образования, злоупотребляя своими должностными полномочиями, потребовал взятку в размере 4,8 млн сумов от руководителя одной из государственных дошкольных образовательных организаций в обмен на непроведение проверки.

09:00 / 26.02.2026
Новости

Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi

2026-yil 24-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Bolalar ombudsmanning 2025-yildagi bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati haqidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi.

02:22 / 25.02.2026