Top.Mail.Ru
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi

The website texts are translated by Google, errors possible!

O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi

00:01 / 15.02.2026 52

Ma’lumki, har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati e’lon qilinadi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 35-sonli buyrug‘i bilan 2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi. Demak, ro‘yxat bilan tanishamiz.


Fan olimpiadalari


1. Asosiy fan olimpiadasi


2. Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science)


3. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi (ARBICHO)


4. Xalqaro Yoshlar Bolqon Matematika olimpiadasi


5. Xalqaro Kimyo olimpiadasi (IChO)


6. Xalqaro Matematika Olimpiadasi (IMO)


7. Xalqaro Fizika Olimpiadasi (IPhO)


8. Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI)


9. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasiga saralash


10. Xalqaro Matematika Musobaqasi (IMC)


11. Jahon Ochiq Astronomiya Olimpiadasi


12. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash


13. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga saralash


14. Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash


15. Nufuzli xalqaro olimpiadalar (IMO, IPhO, IBO, IChO, IOI)


16. 22-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi


17. Xalqaro Jautikov Olimpiadasi


18. Xalqaro Nemis tili olimpiadasiga saralash


19. Xalqaro Ingliz tili olimpiadasi (ELO)


20. Xalqaro Geografiya olimpiadasi (IGeO)


21. Xalqaro Iqtisod Olimpiadasi (IEO)


22. Xalqaro Kavkaz Matematika Olimpiadasi(CMO)


23. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Matematika Olimpiadasi (APMO)


24. Xalqaro Bolqon Matematika Olimpiadasi (BMO)


25. O‘smirlar o‘rtasida Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO)


26. Osiyo Fizika olimpiadasi(APhO)


27. Yevropa Fizika Olimpiadasi


28. Osiyo Tinch okeani mintaqasi Informatika Olimpiadasi (APIO)


29. Yevropa Qizlar Matematika Olimpiadasi (EGMO)


30. Yevropa Qizlar Informatika Olimpiadasi (EGOI)


31. Xalqaro Turkmaniston Olimpiadasi


32. Xalqaro Ochiq Biologiya Olimpiadasi


33. Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro O‘zbek tili Olimpiadasi


34. Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro Matematika va Informatika (ARBICHO) olimpiadasi


35. Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro Kimyo olimpiadasi


36. Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro Fizika Olimpiadasi


37. Abu Ali Ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi


38. Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi


39. Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralash bosqichlari


40. Xalqaro geografiya olimpiadasiga saralash bosqichlari


Ko‘rik-tanlov va musobaqalar


1. “Huquqiy ma’rifiy bilimdon” ko‘rik-tanlovi


2. “Men giyohvandlikka qarshiman” ko‘rik-tanlovi


3. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi


4. “Yosh gvardiyachi” musobaqasi


5. “Yosh chegarachi” musobaqasi


6. “Vatanparvar” musobaqasi


7. “Yashil chiroq” musobaqasi


8. “Jasorat uchqunlari” musobaqasi


9. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yini musobaqasi


10. “Turon” maktab teatri


11. “Iqtidor” maktab ansambli


12. “Jadidlar izidan” ko‘rik-tanlovi


13. Badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi


14. Umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasi


15. “O‘quvchilar kengashi” liderlar tanlovi


16. “Yil sardori” ko‘rik-tanlovi


17. “Eng namunali maktab sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi


18. “Eng namunali mahalliy sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi


19. Eng na’munali hududiy sardorlari kengashi” ko‘rik-tanlovi


20. O‘quvchilar o‘rtasida “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovi


21. “Kitobxonlik festivali” ko‘rik-tanlovi


22. O‘quvchilar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligi


23. “Yosh bojxonachi” ko‘rik-tanlovi


24. Huquqiy-ma’rifiy bilimdon ijodiy ko‘rik-tanlovi


25. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi


26. “Mening huquq va majburiyatlarim” ko‘rik-tanlovi


27. “Zulfiya” davlat mukofoti


28. “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi


29. “Inson huquqlari” ko‘rik-tanlovi


30. “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanlovi


31. “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi”


32. “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi


33. “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tanlovlar


34. “Raqamli avlod qizlari” tanlovi


35. “Ixtirochilikka qadam” tanlovi


36. O‘quvchi qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi


37. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi respublika tashkilotlarining Vazirlik bilan kelishilgan holda o‘tkazilgan ko‘rik tanlovlar, musobaqa va tadbirlar.


Yuqorida keltirilgan fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son  qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi 2-pozitsiyasi bo‘yicha baholash mezonlarida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha baholanadi. 


Bunda pedagog xodimlarga quyidagicha ball beriladi


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 5 ball;


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda — 10 ball;


  • tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari 1-, 2-, 3-o‘rinlarni (shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro fan olimpiadalaridan ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni) egallaganda — 25 ball.


Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida


Ushbu yo‘nalishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Bunda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan maktab miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinadi.


Bunda umumta’lim muassasasi miqyosida o‘tkaziladigan tanlov va boshqa tadbirlar umumta’lim muassasasi direktori buyrug‘i asosida o‘tkazilishi hamda o‘zining tasdiqlangan Nizomi va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lishi talab etiladi.


Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga quyidagicha ball beriladi


  • maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda — 5 ball;


  • maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda — 10 ball;


  • maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda — 25 ball.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • surcharge

Share