Vazir E’zoza Karimova ilk bor matbuot anjumani o‘tkazdi
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilni ham deyarli matbuot anjumanisiz yakunlagan. Shaxsan vazir ishtirokidagi matbuot anjumani bundan ikki yil avval o‘tkazilgandi. Masalan, o‘tgan 2025-yilda ham maktabgacha va maktab ta’limi tizimida juda ko‘p o‘zgarishlar bo‘lgandi, ayrim yangiliklar joriy qilindi. Ammo, shu bilan birga, ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgan holatlar ham kuzatildi. Lekin shunday bo‘lsa-da, vazirlik matbuot anjumani tashkil qilmagandi.
2026-yilda ham maktabgacha va maktab ta’limi tizimida muhokama va e’tirozlarga sabab bo‘lgan holatlar ham bo‘ldi. Nihoyat, bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan kengaytirilgan tarzda matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda vazir E’zoza Karimova, uning o‘rinbosarlari Sherzod Karimov, Temur Komilov, Azizbek Turdiyev hamda vazirlik va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etib, OAV va keng jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan savollarga javob berdi.
Matbuot anjumanida OAV xodimlari hamda blogerlar tomonidan vazir hamda boshqa mas’ullarga savollar berildi. Xususan, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari, xalqaro tadqiqot natijalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ochiq ma’lumotlar e’lon qilinmaganlik holati, pedagoglar attestatsiyasi, bog‘cha bolalarining zaharlanishi, tizimdagi korrupsiyaviy holatlar, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari bilan bog‘liq vaziyatlar va boshqa masalalar yuzasidan vazirlik mas’ullari savolga tutildi.
Matbuot anjumanining kirish qismida vazir E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 2016-yildan hozirga qadar 304 ta yangi maktab qurilgan, 3 598 ta maktab rekonstruksiya qilinib, 1 955 ta maktab mukammal ta’mirdan chiqarildi.
Oxirgi o‘n yil ichida maktablar soni 513 taga ko‘paygan hamda 750 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilgan (2025 yilda 30 ta yangi maktab qurilib, 120 mingta o‘quvchi o‘rni yaratilgan).
2017-2025-yillarda investitsiya dasturi doirasida jami 7 099 ta umumta’lim maktabi jihozlangan bo‘lib, buning uchun respublika budjetidan 2 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
2025-yilning o‘zida investitsiya dasturi doirasida jami 629 ta (25 ta yangi qurilish, 508 ta rekonstruksiya, 96 ta mukammal ta’mirlash) umumta’lim maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ayni vaqtda xorijiy mamlakatlar ishtirokida qiymati 400 mln AQSH dollaridan ortiq 17 ta investitsiya loyihalari amalga oshirib kelinyapti (davlat kafolatidagi 4 ta (254 mln AQSH dollari), 13 ta grant loyihalari (146 mln AQSH dollari).
Xususan, Saudiya Arabistoni bilan 211 mln dollar (3 ta loyiha), AQSH bilan 94 mln dollar (3 ta loyiha), Koreya Respublikasi bilan 45 mln dollar (2 ta loyiha), Xitoy Xalq Respublikasi bilan 20 mln dollar (3 ta loyiha), Yaponiya bilan 7 mln dollar (1 ta loyiha), Hindiston bilan 1 mln dollar (1 ta loyiha) Ozarbayjon bilan 600 ming dollar (1 ta loyiha) Shveysariya (“Ishonch” jamg‘armasi) bilan 43,5 mln dollar (1 ta loyiha) qiymatiga ega loyihalar ustida hamkorlik ishlari olib borilyapti.
2016-yilda maktablar soni 9 680 ta, o‘quvchi o‘rni 4 798 059 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda maktablar soni 10 193 ta, o‘quvchi o‘rni 5 547 714 tani tashkil etmoqda. Xususiy maktablar soni esa 750 tani tashkil qilmoqda.
2019-yildan boshlab har yili iqtidorli maktab bitiruvchilarini rag‘batlantirish maqsadida oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tizimi joriy etildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etildi (joriy yilda 1 093 647 nafar 9-11-sinf bitiruvchilariga elektron shahodatnoma beriladi).
Pedagoglar uchun besh yilda bir marotaba 100 soatlik ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari, maktab direktori va direktorlikka nomzodlar uchun 144 soatlik “Menejerlik o‘quv kurslari” joriy qilindi.
Bu tizim joriy qilingandan (2024-yil fevral oyidan) buyon jami 3 785 nafar direktor va 4 524 nafar direktorlikka nomzodlar menejerlik kurslarida o‘qitilgan bo‘lib, shundan direktorlarning 53 foizi (2 002 nafar) hamda direktorlikka nomzodlarning 57 foizi (2 593 nafar) sertifikatlarga ega bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, direktor lavozimiga tayinlangan nomzodlarning kelgusi karyera yo‘lini belgilab beradigan, tizimda karyerani davom ettirish, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari lavozimigacha yetkazishni nazarda tutadigan tizim yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.
O‘qituvchi va tarbiyachilar uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan malaka oshirish kurslari joriy qilindi. Pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni va soati”, bog‘cha tarbiyachilari uchun esa “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari yo‘lga qo‘yildi.
Pedagoglarni xorijda malaka oshirish va stajirovkadan o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, 2025 yilda 183 nafar o‘qituvchi Singapur, Malayziya, Koreya, Ozarbayjon, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiya davlatlarida malaka oshirdi.
Oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni tayyorlashni yagona konseptual yondashuv asosida amalga oshirish maqsadida 13 ta pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Hozirda pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida 145 ming nafardan ortiq talabalar o‘qiyapti.
O‘qituvchilarning oylik maoshi bosqichma-bosqich oshirib borilyapti. Bundan 10 yil avval maktab o‘qituvchisining oylik ish haqi 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu miqdor deyarli 3 barobarga oshgan hamda pedagoglarning bazaviy ta’rif stavkasi 5 143 717 million so‘mni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, o‘qituvchining toifasi, stavkasi, staji, mehnat samaradorligi va ilmiy faoliyatiga qarab ish haqiga qo‘shimcha va ustamalarni qo‘shish tizimi joriy etildi. 2026-yilda mazkur tartib asosida 24 289 nafar pedagog 10 milliondan 20 million so‘mgacha miqdorda oylik ish haqi olmoqda.
O‘zbekistondagi 400 ta maktabda kasb-hunarga o‘qitish joriy etilib, bitiruvchilarga o‘qigan kasb-hunarlari bo‘yicha imtihon asosida ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish yo‘lga qo‘yildi.
“Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi bo‘yicha 1 007 062 nafar o‘quvchi xalqaro bitiruvchi sertifikatiga ega bo‘ldi. “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida 59 242 nafar o‘quvchi sertifikat olgan.
Oxirgi 6 yilda 70 tadan ortiq nufuzli, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda ishtirok etgan o‘quvchilar tomonidan 276 ta (44 ta oltin, 80 ta kumush, 152 ta bronza) medal qo‘lga kiritildi.
Xususan, 2022-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 10 ta (1 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza) medal qo‘lga kiritilgan.
2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazilib, unda 300 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
IT-ta’limiga e’tibor berilishi natijasida 2023-yil O‘zbekiston o‘quvchilari tarixda ilk bora nufuzli Xalqaro Informatika olimpiadasida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Joriy yilning I choragi davomida xalqaro, mintaqaviy va nufuzli fan olimpiadalarida 27 ta medal (5 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) qo‘lga kiritildi.
2026-yilda ilk bor 2 ta nufuzli xalqaro olimpiada — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (10-19 iyul kunlari) hamda 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (9-16 avgust kunlari) O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Gyote-Instituti bilan hamkorlikda “InfoCheck Central Asia” loyihasini ham amalga oshirish reja qilingan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tarkibida dastlab jami 16 ta (4 ta Prezident, 9 ta ijod va 3 ta ixtisoslashtirilgan) maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 234 taga (14 ta Prezident, 9 ta ijod, 2 ta sport, 202 ta ixtisoslashtirilgan maktab va Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati) yetkazilgan.
Maktablarda o‘quvchilarning turli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan 3 400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun 2 bosqichli (test, suhbat) tanlov o‘tkazildi.
Unda 10 497 nafar nomzod dastlab tanlov.uzedu.uz platformasi orqali test jarayonida ishtirok etdi. Bunda birinchi bosqichdan o‘tgan 6 106 nafar nomzod tanlovning suhbat bosqichida qatnashdi hamda ularning 2700 nafarga yaqini tegishli tavsiyanomalar asosida mazkur lavozimga tayinlandi.
Ayni vaqtda turli sabablarga ko‘ra mazkur lavozimda ishlashni rad etgan nomzodlar o‘rniga suhbat bosqichida 2-o‘rinni egallagan talabgorlarga tavsiyanoma berish va ularni ushbu lavozimga tayinlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etilgan maktablar soni 2 023 ta, qamrab olingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar soni 4 509 nafar, inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etilgan bog‘chalar soni 208 ta, jalb etilgan bolalar soni 1 234 nafarni tashkil etmoqda.
Inklyuziv ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
Inklyuziv ta’lim joriy etilgan ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolalarning mustaqil harakatlanishlari uchun davlat budjeti, xalqaro loyihalar hamda homiylik mablag‘lari hisobidan respublikadagi har bir 208 ta tuman (shahar) larda namunaviy shaklda “to‘siqsiz muhit” yaratildi va bu jarayon doimiy davom ettirilmoqda.
Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda kasalligi tufayli uyda ta’lim olayotgan 14 568 nafar o‘quvchilarimizning 30 foizi (4370 nafari)ni umumta’lim maktablariga yo‘naltirishni rejalashtirilgan.
Shuningdek, onkologik, gematologik kasalligi bilan davolanayotgan bolajonlarimizning davolanish davomida ta’limdan uzilib qolmasliklari uchun “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etilgan.
Bugungi kunga qadar “Mehrli maktab”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Farg‘ona (2023-yil), Buxoro, Namangan, Samarqand, Toshkent shahar (2024-yil) hamda Surxondaryo, Xorazm viloyatlari (2025-yil) filiallari tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida nima ishlar qilindi?
2016-yildan hozirga qadar 625 ta yangi bog‘cha qurildi, 2 522 tasi rekonstruksiya qilinib, 759 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan chiqarildi.
2017-2025 yillarda 727,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 2 493 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mebel va boshqa turdagi jihozlar bilan ta’minlangan.
Joriy yil yakuniga qadar 1 500 dan ortiq nodavlat bog‘cha, 49 ta Ilk rivojlanish markazi, 485 ta bir yillik majburiy tayyorlov guruhi hamda “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishini rejalashtirilgan.
2017-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 ming 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 7,5 barobarga ortib, 39 ming 200 taga yetkazildi. Bunda nodavlat hamda DXSH asosida faoliyat yuritib kelayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari soni 3 169 tani tashkil qilmoqda.
Buning natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi bugungi kunga kelib 78 foiz (2016 yilda 27,7 foiz)ga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov qamrovi 98 foizga yetkazildi.
“Aqlvoy” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan olis va chekka hududlardagi 216 ta mahallada 648 ta ko‘chma mobil guruhlari tashkil etildi hamda 10 ming nafardan ortiq bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olindi.
2017-yilda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi jami pedagoglar soni 58,4 ming nafarni (21,6 foizi oliy ma’lumotli) tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 179,5 ming nafar (38,9 foizi oliy ma’lumotli)ga yetgan.
2026-2027-o‘quv yilidan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlari uchun tegishli oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim (5+1 shaklida) shakli yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunda maktabgacha ta’lim yo‘nalishida to‘lov-shartnoma asosida bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
“Maktabgacha va maktab ta’limi: natijalar va rejalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarning ham savollariga javob berildi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
Comments 1
Please register to comment!
News
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
The certification fee for teachers has been reduced by 50 percent.
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
Admissions to the 1st grade will begin on June 20.
News on the topic
Education policy
Has the Ministry of Preschool and School Education deceived the public again?
A month ago, the Ministry announced its readiness to cooperate with the media and openly answer questions, and a press conference is planned for the near future.
News
“Vazirlik mutasaddilarining oxirgi bor qachon jurnalistlar qarshisiga chiqqanini eslolmayman” — Ilyos Safarov
Jurnalist Ilyos Safarov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutasaddilari hatto minglab bolalar zaharlangan paytlarda ham jamoatchilik qarshisiga chiqmaganiga e’tiroz bildirdi.
Reminder
Deyarli, matbuot anjumanisiz o‘tayotgan bir yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir yildan beri jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilgani yo‘q.
Attestation
This year, more than 202,000 pedagogues will take part in the attestation
243,541 pedagogues submitted online applications for certification, and more than 202,000 of them are expected to participate.
English
Edit your comment