14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina “avariyaga” uchradi, haydovchi vafot etdi
Navoiy viloyatida xususiy bog‘cha rahbari 14 nafar bolani “Matiz” avtomobilida olib ketayotgan vaqtda avtohalokatga uchradi. Haydovchi vafot etdi.
2026-yil 5-may kuni soat 09:05 lar atrofida Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Yangi hayot” MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 85V-043 avtomobil yo‘lining 8–9-kilometrlari oralig‘ida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi G.Q. shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan 14 nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, G.Q. oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 14 nafar bolaning “Matiz” avtomobilida qoidalarga zid ravishda tashilishiga ota-onalar tomonidan ham yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar haydovchilardan transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqarmaslikni hamda yo‘lovchi tashish qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ramoqda. Ota-onalarga esa farzandlari xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratish tavsiya etilgan.
Comments 0
Please register to comment!
News
Prezident bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish haqidagi qonunni imzoladi
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
News on the topic
Preschool education
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Preschool education
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
News
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
News
Bog‘cha xodimlarining oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qishi bo‘yicha tartib belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
English
Edit your comment