“Qizil” maktabda ishlamoqchi bo‘lgan pedagoglar 25-iyulga qadar tegishli maktab direktoriga murojaat qilishi lozim
Ko‘pchilikning tilida “qizil maktablar” deya nom olgan maktablar – ta’lim sifati past ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ayni vaqtda respublikamizda 303 ta ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar mavjud. Ro‘yxat bilan mana bu manzilda tanishib chiqish mumkin.
Izoh: Ayni vaqtda platformada “Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlash istagini bildirish” uchun ariza yuborish funksiyasi mavjud emas. Shu sababli, mazkur maktabda ishlash istagini bildirgan pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktori bilan telefon orqali bogʻlanishi mumkin.
- tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- dars berayotgan fani bo‘yicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;
- boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan bo‘lishi;
- amalda faoliyat yuritayotgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatida mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.
- mutaxassisligi, dars beradigan fanini ko‘rsatgan holda direktor nomiga ariza;
- doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami ko‘rsatilgan ma’lumotnoma — obyektivka;
- oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
- bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
- boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama.
- 6 oydan – 3 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 10 foiz;
- 3 yildan – 5 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 20 foiz;
- 5 yildan – 10 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 30 foiz;
- 10 yildan – 15 yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga 40 foiz;
- 15 yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchiga esa 50 foiz ustama to‘lab beriladi.
Comments 2
Please register to comment!
News
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
News on the topic
News
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'i bilan ta’lim sifati past bo'gan maktablar ro'yxati tasdiqlandi. Mazkur maktabga borib ishlaydigan ayrim pedagoglarga esa qo‘shimcha ustamalar to‘lab beriladi.
Education policy
O‘quvchilarning bilim darajasining uning oilaviy sharoitiga bog‘liqmi?
Kambag‘allik bolalarning ta’lim natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, o‘z navbatida past ta’lim natijalari esa kelajakda yuqori daromad topish imkoniyatlarini ham cheklaydi. Shu sababli, ta’lim insonning ijtimoiy holatini o‘zgartirishga yordam beradigan eng muhim vositalardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Education policy
Ta’lim sifati mavzusi ekspertlar nigohida
Bu mavzuga boshqa ta’lim ekspertlari Komil Jalilov hamda Shokir Tursunlar ham qo‘shilib, mavzu borasida o‘z fikr, mulohazalarini bildirdi.
Do you know?
Teachers who want to work at the "Red" school must contact the director of the relevant school by July 25
Admission will last until July 25
English
Edit your comment