Ayol pedagoglar uchun voleybol o‘tkazilib, g‘oliblarga “Damas” avtomobili va 150 mln so‘mgacha pul beriladi
Joriy yilning aprel oyidan boshlab, ayol o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim xodimlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa uch bosqichda tashkil etildi. Tuman (shahar) bosqichi 20–30-aprel kunlari, hududiy bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 5–15-may kunlari o‘tkazildi. Ayni paytda esa respublika bosqichi davom etmoqda.
Bugundan boshlab musobaqaning respublika bosqichiga start berildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, 14 mingdan ortiq ta’lim muassasalarining 110 452 nafar ayol xodimlarini o‘zida qamrab olgan ushbu musobaqaning Respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan shahrida o‘tkazilmoqda.
Unda barcha hududlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 14 ta jamoadan 112 nafar ayol o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
Bunda musobaqaning respublika bosqichida:
- 1-o‘rin g‘oliblariga 150 mln so‘m;
- 2-o‘rin g‘oliblariga 100 mln so‘m;
- 3-o‘rin g‘oliblariga 70 mln so‘m pul mukofoti topshiriladi.
Shuningdek, barcha g‘oliblarning har biriga “Damas” avtomobillari ham topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilgandi.
Comments 0
Please register to comment!
News
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Officials of the District Education Department Found to Have Embezzled 1 Billion UZS in Budget Funds
Court Verdict Issued Against Individuals Who Organized an Illegal Scheme to Help Teachers Pass Attestation
News on the topic
News
A football match will be held among schoolgirls, and the winning team will receive a Damas.
For the first time, the "Minister of Preschool and School Education Cup" football tournament will be held among schoolgirls.
News
"Damas" and cash prizes were awarded to the student teams of 3 schools.
We previously reported on the first-ever "Minister of Preschool and School Education Cup" football tournament among schoolgirls, where the winning team will receive a Damas car and a cash prize of up to 250 million soums.
English
Edit your comment