Xususiy ta’lim tashkilotlari “xavf darajasi” bo‘yicha baholanadi
Adliya vazirligi nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta hamda qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini nazorat qilishda yangi yondashuvni joriy etuvchi hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Gap Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-iyul kuni 3889-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasida nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom haqida bormoqda. Mazkur nizomga ko‘ra, endilikda nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali baholanadi.
Bunda xavf darajasini aniqlashda davlat organlarining axborot tizimlaridagi ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan materiallar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa qonuniy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Nizomning muhim jihatlaridan biri shundaki, xavfni tahlil qilish jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, baholash mavjud axborotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjat bilan xavf darajasini aniqlash nodavlat maktabgacha ta’lim, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim hamda nodavlat qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohalari bo‘yicha alohida belgilangan mezonlar asosida amalga oshirilishi belgilandi.
Elektron tizim orqali o‘tkazilgan tahlil natijasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlari huquqbuzarlik xavfi darajasi bo‘yicha yuqori, o‘rta va past toifalarga ajratiladi. Yuqori hamda o‘rta xavf toifasiga kiritilgan sub’yektlarda profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Past xavf toifasiga kiruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi. Bu esa qonunchilik talablariga rioya qilayotgan va faoliyatida yuqori xavf aniqlanmagan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ortiqcha nazorat yukini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, nizomda muhim kafolat ham belgilangan. Unga ko‘ra, elektron tizim tomonidan aniqlangan xavf darajasi tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos hisoblanmaydi. Ya’ni, elektron tizim faqat xavfni baholash vositasi bo‘lib, uning natijalari avtomatik ravishda javobgarlik yoki boshqa ta’sir choralarini qo‘llashga sabab bo‘lmaydi.
Avvallari nazorat organlari tekshiruvlarni turli asoslarda tashkil qilgan bo‘lsa, endi buning uchun “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi ishlaydi. Tizim har bir ta’lim tashkilotini mavjud ma'lumotlar asosida baholab, uning qonun buzish ehtimoli qanchalik yuqori ekanini aniqlaydi.
Masalan, xususiy maktab haqida ota-onalardan ko‘plab shikoyatlar tushgan bo‘lsa, statistikalarda muammolar kuzatilsa yoki davlat axborot bazalaridagi ma’lumotlar xavf mavjudligini ko‘rsatsa, tizim uni yuqori yoki o‘rta xavf toifasiga kiritishi mumkin. Shundan keyin nazorat organlari qonunchilikka muvofiq profilaktika tadbirlari yoki tekshiruv o‘tkazishi mumkin.
Aksincha, faoliyatida muammo kuzatilmagan, shikoyatlar kam yoki umuman bo‘lmagan, barcha talablarni bajarayotgan xususiy ta'lim tashkiloti past xavf toifasiga tushadi va unda tekshiruv o‘tkazilmaydi. Biroq, tizim biror maktabni “yuqori xavfli” deb baholagani uning avtomatik ravishda jazolanishini anglatmaydi.
Nizomda alohida qayd etilganidek, elektron tizimning xulosasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima solish, litsenziyani bekor qilish yoki boshqa ta'sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. U faqat nazorat organlariga qaysi ta'lim tashkilotlariga ko‘proq e'tibor qaratish kerakligini ko‘rsatadigan xavf indikatori vazifasini bajaradi.
Comments 0
Please register to comment!
News
School Principal Jailed Over Distribution of Teaching Hours
New extracurricular clubs will be established in schools, and participation will be free of charge
School libraries to be modernized, with deputy principals responsible for mahalla libraries
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
News on the topic
Interview
“Tanaffus” 6-son
“Tanaffus” podkastining ushbu soni O‘zbekistondagi xususiy va davlat ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili bo‘lib, suhbat davomida xususiy ta’limning roli, uning oldida turgan qiyinchiliklar, afzalliklari va jamiyatdagi roli chuqur muhokama qilindi.
News
Vacant land in the school will be given to entrepreneurs who want to build a kindergarten for free use for 30 years.
Construction of kindergartens on the basis of public-private partnerships will be permitted on vacant school lands. In this case, entrepreneurs will not be charged rent for land for 30 years.
News
Some functions of the Ministry of Preschool and School Education may be transferred to the private sector.
According to the document published by the Chamber of Commerce and Industry, some public services provided in the system of the Ministry of Preschool and School Education will be gradually transferred to the private sector.
English
Edit your comment